Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari rahbarlik lavozimlariga bir qator tayinlovlar amalga oshirilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan:
Podpolkovnik Oybek Daminovich To‘rayev – Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – tezkor-qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha u Qarshi shahar IIO FMB 1-son ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Alimardon Lapasovich Mirzayev – Chiroqchi tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari–tezkor-qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha u Qashqadaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Mayor Bobur Zuxritdinovich Manzilov – Chiroqchi tuman IIB boshlig‘ining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha u G‘uzor tumani IIB boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Mayor Alimardon Keldiyorovich Rahimov – G‘uzor tumani IIB boshlig‘ining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha u Qarshi shahar IIO FMBning jamoat tartibini saqlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Mayor Behzod Normamatovich Niyozov – Qarshi tumani IIB boshlig‘ining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha u Nishon tumani IIB boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Mayor Jalil Fayziyevich Baliyev – Nishon tuman IIB boshlig‘ining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovga qadar Qarshi tumani IIB boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Shavkat Maxmarayimovich To‘rayev – Mirishkor IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – tezkor-qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha u Yakkabog‘ tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Mayor Obidjon Shukurovich Muhammadiyev – Shahrisabz tuman IIB boshlig‘ining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha u Yakkabog‘ tumani IIB boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Mayor Azamat Ruzimuratovich Pardayev – Yakkabog‘ tuman IIB boshlig‘ining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha u Shahrisabz tumani IIB boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Podpolkovnik Firdavs Nortoshevich Hamroyev Yakkabog‘ tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha u Qarshi shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026