Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda zilzila oqibatlari: 5 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab uylar vayronaga aylandi
Tojikistonda bugun, 10 iyul kuni ertalab sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida xabar berildi.
Foto: Tojikiston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi
Yerosti silkinishlari kuchi 6 ballgacha yetgan. Zilzila markazi Dushanbedan 165 km uzoqlikda bo‘lgan. Hazorchashma, Yarxob, Hijborak, Sharxo, Sari Shuxon, Askalon qishloqlarida o‘nlab uylar vayron bo‘lgan. Langari Shox qishlog‘ida 5 kishi zilzila oqibatida halok bo‘lgan, Rasht tumanida ikki bola jarohat olgan.
Zilzila kuchi Kalanakda 4,3 ballni tashkil etgan. AQSh Geological Survey tadqiqot instituti ma'lumotiga ko‘ra, Tojikistonda 6, 8 va 9 iyulda ham 4,1 balldan 4,9 ballgacha zilzilalar kuzatilgan.




Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon topshirig‘i bilan bosh vazir Qohir Rasulzoda boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan. Komissiya a'zolari keltirilgan zararni hisoblash uchun zilzila sodir bo‘lgan joylarda bo‘lishgan.

Tojikistonliklar ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida zilzila oqibatida vayron bo‘lgan uylarning suratlarini joylashmoqda.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
00:41 / 06.12.2024