Oila boşliği Rustam Egamurodov – nafaqada bölişiga qaramay, bir neça xil kasb orqasidan oila tebratadi. U ota-onasidan ayrilgan çin yetim bolalarni öz qaramoğiga olgan. Hozirgi kunda oilada 10 nafar bola tarbiya topyapti.

“Hozirça 10 nafar bolani uyimda öz tarbiyamga olganman. Bilmadim, bolalarga bölgan mehrim Allohdan bölsa kerak. Öğlim leytenant bölgandan keyin pensiyaga çiqdim. Kiçkina öğlimni öqitaman, degandim, afsuski, öspirinligida vafot etdi. Şundan söng ayolim qattiq tuşkunlikka tuşdi, uyimiz huvullab qolgandek böldi. Bilasizmi, bu kunlarni duşmanimga ham ravo körmayman.

Keyin bola asrab olsak-çi, degan fikr keldi. Ayolim bilan maslahat qildik, faqat qiz, öğil bola emas, degan qarorga keldik. Çunki öğil bola baribir ikkimizga ham öz farzandimizni eslatadi, uning har bir harakatini öğlimga qiyoslab könglimiz ezilişi mumkin. Şu sabab 2012 yildan boşlab ota-onasi yöq qizlarni asrab ola boşladik.

Birinçi qizim Gulnoza şu tarzda oilamga kirib keldi. Uni asrab oliş tarixi ham özgaça. Bolalar uyiga borganimda bir qiz hammadan ayri bölib bir çekkada ötirardi, menga tavsiya etişgan qizaloqni olib kelişganda: “Yöq, huv çetda ötirgan qizaloqni beringlar”, dedim. Hozirgaça şu qizim öz yoşida oğir atletika va boks böyiça ikki karra viloyat çempioni böldi.

Köp odamlar: “Senga nima kerak boş oğriği”, deb aytadi. Ularga esa mening aytadigan gapim yöq, şart ortimga burilaman-ketaman. Aqli bor odam şu gapni aytişi mumkinmi?” – deya sözlaydi qahramonimiz.

Rustam Egamurodov suhbat davomida özining kundalik işi, katta bir oilaning rözğor taşvişlari haqida ham hikoya qildi.

“Yuqorida ham aytgandim, katta öğlim bor, uning oilasi, nevaralarim bor. Öğlim ham ukalari uçun yordam berib turadi.

Bundan taşqari, uyda dehqonçilik qilamiz, şu yerdan çiqqan mahsulotlar bilan qişlik ğamlaymiz. Oğilda ozroq qöy boqamiz, göşt ham özimizdan çiqadi. Davlat tomonidan esa yordam hozirça yöq, çunki biz Toşkent viloyatida bola asrab olib ulğaytiradigan birinçi oilamiz.

Oilaviy bolalar uyi yaratiş töğrisida 2007 yilda qaror çiqqan. Oila baribir yaxşi-da, bir tomondan mehribonlik uylarida davlat milliardlab mablağ sarf etadi, ikkinçi tomondan, uning tarbiyasi, şaxs sifatida ulğayişi oilada yaxşiroq keçadi. Agar statistikaga qaralsa, “zona”dagilarning yarmidan köpi – mehribonlik uylaridan çiqqanlar...