— 2005—2006 yillar Nazarali Niyozov nomli kolxozda pilla brigadiri, paxta brigadiri bölib işlab yurdim, – deya öz hikoyasini boşlaydi u.

Özimizning Niyozov nomli kolxozimizni bölib, fermerlikka tarqatişayotgan paytda 3 gektar 40 sotix yerni olganman. Kelajakda şu yerga ega bölsam, mendan keyin farzandlarim ham şu yerga ega bölsa degan maqsadda boşlaganmiz. Hozirgi kunda 7,5 gektar yerim bor, 3 oila birga işlayapmiz.

Haqiqatan ham agar yerning öz egasi bölsa, yerni dehqonning öziga beradigan bölsangiz, dehqon işlarni özi uçun özi qiladi. Dehqon qadimdan özi uçun özi işlagan. Hozirgi kunda dehqonlarimizning ustida körsatma beruvçilar köp.

Agar har bir dehqonga oilasiga qarab 3 gektardan 5 gektargaça yer berilsa, özi bola çaqasi bilan qiladigan bölsa, suv muammosi ham hal böladi, çunki dehqonning özi tomçilab suğorişni yölga qöyadi. Hozir 200 gektar, 500 gektar, 1000 gektar yeri borlar bor. Öşa odamlar yerining bir çekkasiga borib körganmi? Yöq, yerning içiga kirgani ham yöq hali.

Dehqonning qöli qadoq böladi, örtoqlar, dehqonning qöli qadoq böladi. Dehqonning peşonasida qora çiziği böladi. Aytmoqçi bölayotgan narsam – yerning haqiqiy egasi bölsa. Hozir esa, keladi: “Ey, bugun nima ekding? Yöq, buni ekmaysan, mana buni ekasan”.

Dehqonga yerni berdinglarmi, öziga qöyib beriş kerak-da! Özi qilsin!

Mendan mahsulot qança köp çiqsa, men yerdan qança köp foyda olsam, özimga yaxşi-ku! Men özim uçun işlayman, men heç qaçon hokim uçun, yoki “naçalnik melisa” uçun, yo prokuror uçun, yo soliq inspeksiyasi uçun işlamayman. Özim uçun, bola-çaqam uçun işlayman. Dehqonning ustiga kelib olib: “Sen bugun majlisga bor, majlisga bormasang, yeringni olaman... mana bu ekinni ekmasang, bunday bölasan” deyiş bilan dehqonning biri ikki bölmaydi axir!

Fermerlar kengaşi degan bir qanaqadir otryad bor, u umuman dehqonga yordam bermaydigan taşkilot. Işimni 2006 yildan boşlagan bölsam, biror marta hol söramagan, RAPO yoki zamhokim kelib, ey darding nima bölyapti, nima ekmoqçi eding, nega ekmading şu narsani, nimadan yordam beray demadi.

Agar yerlarni qisqartirsak, haqiqiy dehqonning öziga bersak, dehqon özi biladi nima qilişni: “Bu yerni suğoriş kerak, bu yerni kultivatsiya qiliş kerak, bu yerni çopiş kerak, bu yerni çopgunimça, mana bu yer dam olib tursin, bu yerni suv bosmasin...”