40 yil davomida Xitoyda kambağallikni kamaytiriş böyiça işlar olib borildi. Bu uçun birinçi navbatda qişloq xöjaligi isloh qilindi:
- 1979 yil. “Kommuna” yerlari dehqon oilalariga oz-ozdan bölib berildi. Dehqonlar davlat idoralarining tazyiqidan xalos etiş böyiça işlar olib borildi, çunki bu real natija berişini Xitoy kompartiyasi rahbarlari öz közlari bilan köra boşlaşdi.
- 1981 yilga kelib 98 foiz ekin yerlari 180 million dehqon oilalari tasarrufida edi. Xitoy Konstitutsiyasida fuqarolarning xususiy mulkçilik huquqlari biriktirildi, bu qişloqlarda xususiy taşabbusni qöllab-quvvatlovçi omil böldi, hamda qişloqlarda mislsiz köplab xususiy korxonalar tuzilişiga turtki böldi. Dehqonlar öz manfaatlarini közlab, öz ixtiyorlari bilan (yuqoridan buyruq bölgani uçun emas), kiçik kooperativlarga, keyin esa assotsiatsiyalarga va katta kooperativlarga birlaşa boşlaşdi.
- 1985 yil. Xitoy özining köp sonli aholisini töyğazib, don eksport qila boşladi. Xitoy rahbari Den Syaopin «Birinçi navbatda qişloq xöjaligi» degan siyosatni e’lon qildi. Va bu şior real işlar bilan, avvalo dehqonni ozod dehqonga aylantirişga qaratilgan işlar bilan quvvatlandi.
Xitoy qişloq xöjaligini isloh etişda erişilgan yaxşi natija keyinçalik hukumatni boşqa sohalarni ham şu yösinda isloh qilişga undadi.
- 1992 yil. Xitoyda barça korxonalar xöjalik hisobiga ötkazildi. Natijada atigi 5 yil içida xususiy sanoat korxonalari soni 100 mingdan 5,8 millionga yetdi... Xorijiy kapital iştirokida qöşma korxonalar taşkil qiliş mumkin böldi. Bularning hammasiga qişloq xöjaligi islohoti omil böldi. Xitoy dehqonlari boyigani sayin öz ehtiyojlari uçun moddiy-texnika resurslarini, sanoat mollarini sotib ola boşlaşdi. Sanoat mollariga talab orta boşladi va bu sanoat rivojiga start berdi. Xususan, qişloq xöjaligi mahsulotlarining köpaygani qayta işlaş sanoati rivojini ta’minladi – «zanjir» işga tuşdi. Şu joyi muhim - iqtisodiy “zanjir”ning işga tuşib ketişi. Xitoy hukumati buni amalladi, çunki heç kimga alohida mavqe bermadi...














