“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi hamrohligida jurnalist va blogerlar GTL zavodidagi qurilish-montaj ishlari bilan tanishdi
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a'zolari, jurnalist va blogerlar Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida qurilish ishlari davom ettirilayotgan “GTL Uzbekneftegaz” zavodida bo‘ldilar.
Deputat Rasul Kusherbayev, jurnalist Xurshid Daliyev, Bahodir Ahmedov, blogerlar – Nurbek Alimov, Otabek Ortiqov, Umid Karimov zavodda bugungi kunda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining so‘nggi bosqichi bilan yaqindan tanishdilar.
Boshqaruv raisi tashrif buyurganlarga qurilish va montaj ishlari holati, “Uzbekneftegaz GTL” zavodida mash'ala qurilmasi ishga tushirilgani borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.
“Ishchi guruh” a'zolari, jurnalist va blogerlar zavodda amalga oshirilayotgan qurilish jarayonini ko‘zdan kechirish maqsadida, qurilish maydonida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarning guvohiga aylanishdi.
Shundan so‘ng, “Uzbekneftegaz GTL” zavodining laboratoriyasida 100 dan ortiq zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar va uning ishlash tizimi bo‘yicha zavod direktori Faxriddin Abdurasulov tushunchalar berdi.
Ushbu uskunalar olingan natijalarning aniqligini oshirish, inson omilini bartaraf etish va mehnat unumdorligini oshirish imkonini berishi, laboratoriyada kuniga jami 4 000 gacha tahlil bajarish mumkinligi bo‘yicha batafsil axborot berildi.
“GTL” zavodi laboratoriyasining o‘ziga xosligi turli xil qo‘llash segmentlari, jumladan, gazni qayta ishlash, gaz kimyosi, shuningdek, neftni qayta ishlash va neft kimyosi uchun ko‘plab tadqiqot usullarini qo‘llashdan iborat.
Boshqaruv raisi laboratoriyada ish faoliyatini davom ettirayotgan yosh mutaxassislar bilan suhbatda bo‘lib, ularning ingliz tili va texnologiyalar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Suhbat asnosida ularning texnologiyalarni ishlatishi, har bir harakatni bajarish holatlari o‘rganildi.
Yosh mutaxassislar o‘z navbatida, laboratoriya xodimlari zamonaviy sinov usullari, jumladan, “ASTM International” xalqaro standartlariga muvofiq sinovlarni o‘tkazish usullarini o‘zlashtirganliklarini ma'lum qilishdi.
Boshqaruv raisi hozirgi kunda “GTL” zavodi Markaziy laboratoriyasining milliy va xalqaro akkreditatsiyasiga tayyorgarlik ishlari faol olib borilayotganini ma'lum qildi.
Tashrif davomida investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, qurilish-montaj ishlarini yakunlash holati, tashqi infratuzilma obektlari qurilishining olib borilishi, shuningdek, “Uzbekneftegaz GTL” korxonasining ishga tushirish-sozlash oldi va ishga tushirish-sozlash ishlarining amalga oshirilish jarayonlari o‘rganildi.
Bugungi kunga kelib, korxonaning qurilish maydonida asosiy qurilish-montaj ishlari yakunlanib, ishga tushirish-sozlash oldi va ishga tushirish-sozlash ishlari bosqichma-bosqich faol sur'atlarda olib borilmoqda.
Ushbu yirik loyiha o‘zining yakuniy bosqichiga yetib keldi. Umumiy ishlar ko‘lamining 96 foizdan ortig‘i bajarildi. Zavodning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlari yakunlanib, obodonlashtirish ishlari faol sur'atlarda amalga oshirilmoqda.
Ishga tushirish-sozlash oldi va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarishda hozirgi kunda 500 dan ziyod texnika jalb etilgan bo‘lib, qurilish maydonida 9 mingdan ortiq kishi mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.
Shuningdek, zavodning ma'muriy binosi qurilish ishlarining borishi o‘rganildi va bu yerda ishchi-xodimlarning ishlashlari uchun zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilishi va shunga qarab qurilish davom ettirilishi kerakligi ta'kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, “Uzbekneftegaz GTL” zavodi 2021 yilning uchinchi choragidan boshlab yuqori sifatli sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarishi, import o‘rnini bosish maqsadida, Respublikamizning ichki bozoriga va mamlakatning eksport salohiyatini oshirish maqsadida tashqi bozorlarga yetkazib berishni boshlashi ko‘zda tutilgan.
Zavod ishga tushishi bilan, boshqa mahsulotlar qatorida sintetik kerosin mahsuloti ishlab chiqarilishi boshlanadi. Hozirgi kunda ushbu yoqilg‘i neft xomashyosi negizida olingan “Jyet A-1” aviakerosini bilan 50 foizgacha bo‘lgan proporsiyadagi aralashmasi fuqarolik aviatsiyasida qo‘llanilishiga ruxsat berilgan.
“Uzbekneftegaz GTL” zavodi ishga tushgach, yiliga 3,6 milliard kub metr tozalangan tabiiy gaz (metan) qayta ishlanadi va 1,5 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘i, jumladan, 307 ming tonnadan ortiq aviakerosin, 724 ming tonna dizel yonilg‘isi, 437 ming tonna neft, kimyo sohasi uchun xomashyo bo‘lgan nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishiga erishiladi.
“O‘zbekneftgaz” AJ
Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
22:19 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024