Raqamlarga murojaat qilsak, 2017 yilda mintaqaning yalpi içki mahsuloti 253 milliard dollarni taşkil etgan bölsa, 2020 yil yakuniga kelib, pandemiya bölişiga qaramay, bu körsatkiç 300 milliard dollarga yetdi. Mintaqa davlatlarining xorijiy mamlakatlar bilan savdo aylanmasi ham 2020 yilda 168 milliard dollarga yetib, 56 foizga oşdi.

Yurtimizda va mintaqamizda erişilayotgan bunday muhim natijalar xalqaro miqyosda ham e'tirof etilayotgani quvonarlidir. Qolaversa, taşqi siyosat sohasidagi dadil qadamlar tufayli Özbekistonga xalqaro hamjamiyatning hurmat-e'tibori oşdi. Şu bilan birga, Markaziy Osiyo yakdil mintaqa sifatida baholanişiga erişildi.

Tarixga nazar
Tahlillar şuni körsatadiki, Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erişgandan söng mintaqada turli integratsiya loyihalari yaratilgan. Ular sirasiga Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati, Markaziy Osiyo hamkorlik taşkiloti, Markaziy Osiyo ittifoqi taşkil etilişini kiritiş mumkin. Bir qator omillar sabab ularning faoliyati uzoq davom etmadi. Ammo mintaqaviy hamkorlikka tösqinlik qiluvçi uşbu sabab­lar vaqtinçalik edi. Zero, mintaqa xalqlarining tarixiy ildizlari, madaniyati, din va til uyğunligi, şuning­dek, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik paydo bölayotgan muammolarga birgalikda javob beriş, ularga samarali yeçim topiş yöllarini izlaş va taraqqiyot yölida birgalikda intiliş uçun zamin yaratmoqda.

Garçi, bugungi kunda har bir davlat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişni hamda turli taşqi siyosiy va iqtisodiy ustuvor yönalişlarni mustaqil ravişda tanlagan bölsa-da, mintaqa davlatlarining barçasini köp asrlik savdo-iqtisodiy aloqalar, transport va energetika kommunikatsiyalarining rivojlanayotgan tarmoği, şuningdek, xavfsizlikka tahdid va xatarlarni bartaraf etişga intiliş istagi birlaştiradi. Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari örtasida yanada qulay va samarali hamkorlik uçun barça zarur şart-şaroit mavjud.

Mintaqaviy hamkorlikka kömaklaşuvçi asosiy omillar
Jahon savdo yöllari çorrahasida joylaşgan Markaziy Osiyo qadimdan madaniyatlar va sivilizatsiya­larning özaro ta'siri jarayonida muhim öringa ega bölgan. Buyuk ipak yöli (miloddan avvalgi II asr — milodiy XV asr) xalqaro transport aloqa yöli sifatida nafaqat Osiyo va Yevropa savdo yönalişlari, balki qit'alar va mamlakatlar örtasidagi özaro axborot-sivilizatsiya muloqotini ham ta'minlagan, yangi texnologiyalar va yangiliklar tarqalişida öziga xos çorraha vazifasini ötab, qişloq xöjaligi ekinlari, agrotexnologiyalar, sivilizatsiyalararo va texnologik almaşinuv, şuningdek, madaniy qadriyatlar uçun ham qulay şaroitlarni yuzaga keltirgan.