Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada 2020 yil bahorida koronavirus sababli kiritilgan cheklov choralari konstitutsiyaga zid deb topildi
O‘sha davrda cheklov choralarini buzganlik uchun yozilgan barcha jarimalar bekor qilinishi mumkin.
Ispaniya konstitutsion sudi o‘tgan yil bahorida pandemiya sababli kiritilgan ayrim cheklov choralarini mamlakatning asosiy qonuniga zid deb topdi.
2020 yil martda Ispaniya hukumati yuqori darajadagi shaylik rejimini joriy etgan, aholining mamlakat bo‘ylab harakatlanishi cheklangandi. Qahvaxona, maktab, ko‘ngilochar muassasalar yopilgan, odamlar faqat o‘ta zarur hollardagina uyidan chiqishi mumkin edi.
"Voks" partiyasi ushbu masalada konstitutsion sudga shikoyat qilgan.
"Konstitutsion sud yuqori darajadagi shaylik rejimida e'lon qilingan farmonning ayrim moddalari konstitutsiyaga zid bo‘lganligini e'tirof etib, "Voks" shikoyatini qisman qondiradi", - deyiladi sud qarorida.
Avvalroq El País gazetasi uy izolyatsiyasi konstitutsiyaga zidligini, bunday chora qabul qilinishi uchun mamlakatda yuqori darajadagi shaylik emas, favqulodda holat rejimi e'lon qilinishi zarurligini yozgandi. Sudning mazkur qarori o‘sha davrda cheklovlarni buzganlik uchun yozilgan barcha jarimalar bekor qilinishi mumkinligini bildiradi.
Pandemiya boshlanganidan buyon Ispaniyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 4 milliondan ortiq holat qayd etilgan, 81 mingdan ortiq bemor vafot etgan. Mamlakatda 2020 yil 27 dekabrdan vaksinatsiya kampaniyasi boshlangan.
Mavzuga oid
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
20:24 / 14.12.2024
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?
10:20 / 14.06.2024
O‘zbekiston va Ispaniyaning xususiy yuk tashuvchi aviakompaniyalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
14:21 / 31.05.2024