Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati hokimligi tasarrufidagi mol-mulklar va avtomobillar haqida ma'lumot berildi
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan hokimlikka tegishli bo‘lgan mol-mulklar va avtomobillar haqida ma'lumot berildi.
Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati hokimligi ixtiyorida 15 ta avtomashina mavjud bo‘lib, ular xizmat va navbatchilik avtomashinalari hisoblanadi.
Qayd etilishicha, viloyat hokimligi tasarrufida Qarshi shahrida 4 va 5 qavatli ma'muriy binolar, avtosaroy, sog‘lomlashtirish markazi bor. Bundan tashqari, Muborak tumani markazida 2 xonali bitta turar joy va Qarshi tumani Chovqay massivida 8 ta xizmat uylari mavjud.
Ta'kidlanishicha, hokimlik balansida mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar mavjud emas.

Mavzuga oid
16:02 / 15.07.2026
Qashqadaryoda ham jazirama sabab og‘ir yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklanadi
10:09 / 15.07.2026
Qashqadaryoda uchta bankka oid firibgarlik holati aniqlandi
17:32 / 10.07.2026
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: Qashqadaryoda eshak go‘shti savdogari ozodlikdan mahrum qilindi
14:58 / 08.07.2026