Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonga kelayotgan o‘nlab yuk mashinalari uch oydan buyon Qirg‘iziston chegarasida ushlab turilgani ma'lum qilindi
Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohimning so‘zlariga ko‘ra, u bu masalani Qirg‘iziston prezidentining 14 iyun kuni Dushanbega qilgan tashrifi chog‘ida qo‘shni mamlakat transport vaziri bilan muhokama qilgan.
Qirg‘izistonning Botken oblastida turib qolgan 60ta yuk mashinasi masalasi haligacha yechilmadi, deb ma'lum qildi Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim.
Ibrohimning so‘zlariga ko‘ra, u bu masalani Qirg‘iziston prezidentining 14 iyun kuni Dushanbega qilgan tashrifi chog‘ida qo‘shni mamlakat transport vaziri bilan muhokama qilgan.
«U bu masalani hal qilishga va'da bergandi, ammo afsuski, hech qanday ijobiy natija bo‘lmadi», - dedi Azim Ibrohim.
Tojikiston transport vazirining ta'kidlashicha, ushlab turilgan yuk mashinalari haydovchilarining uch nafari Tojikiston fuqarolaridir, qolgan barcha haydovchilar Qirg‘iziston fuqarolari hisoblanadi.
Avvalroq Rossiyadan Tojikistonga yo‘l olgan yuk mashinalari Botken oblastida to‘xtatilgani xabar qilingandi.
Yuk mashinalarining to‘xtatilishiga o‘nlab kishilar o‘limiga olib kelgan tojik-qirg‘iz chegarasida yuz bergan qurolli to‘qnashuv sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026