Jahon | 21:46 / 15.07.2021
6510
1 daqiqa o‘qiladi

JARdagi tartibsizliklar vaqtida halok bo‘lganlar soni 117 nafarga yetdi

Janubiy Afrika Respublikasida sobiq prezident Jyeykob Zuma panjara ortiga yuborilgandan keyin boshlangan tartibsizliklar vaqtida 117 kishi halok bo‘ldi. Avvalroq 72 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Tartibsizliklar yuz berayotgan Gauteng va Kvazulu-Natal provinsiyalariga qo‘shinlar jo‘natilgan.

Ta'kidlanishicha, Gautengda tartibsizliklar vaqtida 26 kishi, Kvazulu-Natalda esa 91 kishi halok bo‘lgan. Ulardan aksariyati do‘konlar va savdo markazlarining talon-toroj qilinishi vaqtida yuz bergan ur-yiqitlar qurboni bo‘lgan.

79 yoshli Jyeykob Zuma o‘tgan hafta qamoq jazosini o‘tay boshladi. U sudga hurmatsizlik qilishda ayblanib, 15 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Zuma davlatni egallab olish ishi bo‘yicha tergov olib borayotgan komissiya oldida 15–19 fevral kunlari ko‘rsatmalar berishi kerak bo‘lgan, biroq konstitutsiyaviy sudning bu talabini bajarmagan.

Mavzuga oid