O‘zbekiston | 10:10 / 15.07.2021
31630
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus va pnevmoniya: Yangi holatlar soni 900ga yaqin, yana 4 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 493 kishida koronavirus, 367 kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 14 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 117902 (+493) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 31 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 31 nafari Andijon viloyatida,
  • 20 nafari Buxoro viloyatida,
  • 44 nafari Jizzax viloyatida,
  • 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 14 nafari Navoiy viloyatida,
  • 23 nafari Namangan viloyatida,
  • 33 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 28 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 38 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 52 nafari Toshkent viloyatida,
  • 131 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 367 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 27 nafar,
  • Andijon viloyatida 46 nafar,
  • Buxoro viloyatida 11 nafar,
  • Jizzax viloyatida 98 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
  • Navoiy viloyatida 15 nafar,
  • Namangan viloyatida 27 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 25 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 23 nafar,
  • Toshkent viloyatida 29 nafar,
  • Toshkent shahrida 78 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 112941 (+395) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 785 nafarni tashkil qildi.

Ayni vaqtda shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 4176 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzuga oid