Indoneziyaning Sriwijaya Air aviakompaniyasiga tegişli samolyot poytaxt Jakartadan yölga çiqqaç, parvozni boşlaganidan 1 daqiqa-yu 9 soniya ötib radarlardan yöqolib qolgan.
SJ 182 reysi bilan uçgan samolyot bortida 62 yölovçi bölgani aytilmoqda. Ulardan yetti nafari bolalar, şuningdek, ikki nafari çaqaloq bölgan. Radarlardan yöqolib qolgan samolyot Boeing 737-500 bölgan va u Pontianak şahri tomon yöl olgan. Internetda reysda bölgan yölovçilarniki ekani aytilayotgan röyxat paydo böldi.

Ma'lum bölişiça, Boeing 737-500 samolyoti halokatga uçragan. Samolyot 3 ming metr balandlikka kötarilgan vaqtda radarlardan yöqolib qolgan va Langkang oroli yaqinidagi suvga qulagan. Hozirda halokat sodir bölgani taxmin qilinayotgan suvlikda qidiruv işlari amalga oşirilmoqda. Internetda Boeing 737 samolyotining bölaklari topilgani haqida köplab videolar tarqaldi. Aviakompaniya voqea tafsilotlari haqida ma'lumot bergani yöq.
Video reportedly shows debris from Sriwijaya Air flight SJ182 after disappearing from radar on take off from Jakarta airport. Number of passengers and crew on board is currently unknown. https://t.co/LeQlvgiUHy pic.twitter.com/BhHSdFIsbz
— Breaking Aviation News & Videos (@breakingavnews) January 9, 2021
Voqeaga guvoh bölgan baliqçilar havoda ikki marta portlaş sodir bölganini körgan. Qutqaruv operatsiyasi davomida suvda samolyot va odam tanasining bölaklari topilgan.













