Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili axborot xizmatiga köra, şikoyatlarning 14 tasi yuzasidan jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqida qabul qilingan qarorlar ombudsmanning murojaatiga asosan yuqori turuvçi prokurorlar tomonidan bekor qilinib, qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilişi belgilangan. 52 tasi esa ötkazilgan xizmat tekşiruvlari hamda prokuratura organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekşiruv yakunlariga köra öz tasdiğini topmadi. 62 ta şikoyat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom etmoqda.
Şuningdek, şikoyatlarni körib çiqiş natijasida 10 nafar xodimga nisbatan intizomiy ta’sir çorasi qöllanilgan, 3 ta holatda xodimlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boşqaça tarzda bosim ötkazilgani töğrisida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 15 ta xabarlar örganilib, bu böyiça 14 ta munosabat bildirilgan. Mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsmanning 12 ta talabnomasi kiritilgan.













