Yevroparlament Yevropa Ittifoqiga uçinçi davlatlarning iqtisodiy şantajiga qarşi çoralar köriş imkonini beruvçi qonunni kelişib oldi. Biroq bu hujjatning asosiy maqsadi, 3 oktyabr, seşanba kuni Yevroparlament veb-saytida tuşuntirilganidek, bunday urinişlarning oldini olişdir. Taşabbus uçun 578 kişi yoqlab, 24 kişi qarşi ovoz berdi, 19 kişi betaraf qolgan.

«Savdo va investitsiyalar xorijiy kuçlar tomonidan qurol sifatida tobora köproq qöllanayotgan global siyosiy kontekstda bu zöravonlikka qarşi vosita YeI va unga a’zo davlatlar suverenitetini himoya qilişi kerak», deyiladi Yevropa Ittifoqi qonun çiqaruvçi organi saytida.

Iqtisodiy bosim nima?

Qayd etilişiça, iqtisodiy majburlaş uçinçi davlat Yevropa Ittifoqi yoki YeI davlatiga muayyan qarorga erişiş uçun bosim ötkazganida – masalan, savdo yoki sarmoyaviy çoralar yoki ularni qabul qiliş tahdidi orqali yuzaga keladi.

Bunday bosim Yevropa Ittifoqining strategik avtonomiyasiga putur yetkazadi, lekin JST qoidalari bilan tartibga solinmaydi. «Iqtisodiy majburlaş Jahon savdo taşkilotining nizolarni hal qiliş mexanizmiga faqat uning qoidalarini buzgan taqdirdagina tegişli böladi», deb tuşuntirdi Yevropa parlamenti.

Agar Yevropa Ittifoqi yoki a’zo davlatga iqtisodiy bosim ötkazilayotganiga şubha tuğilsa, Yevropa komissiyasi tekşiruv ötkazişi uçun tört oy vaqt beriladi. Şundan söng, Yevropa kengaşi sakkiz haftadan ön haftagaça uşbu masala böyiça Yevropa komissiyasining xulosalari asosida köpçilik ovoz bilan qaror qabul qilişi kerak.

«Asosiy maqsad uçinçi davlat bilan muloqotni yölga qöyiş va uning rasmiylarini majburlaşni töxtatişga köndirişdir», - deyiladi Yevroparlament veb-saytida. - Ammo buning uddasidan çiqilmasa, Yevropa Ittifoqi turli qarşi çoralarni qöllaşi mumkin».

YeIga iqtisodiy bosim bölgan taqdirda ehtimoliy qarşi çoralar

Agar Yevropa komissiyasi gap iqtisodiy majburlaş masalasi haqida ketayotganini aniqlasa va Yevropa kengaşi buni tasdiqlasa, YeK tegişli javob çoralarini tayyorlaş uçun olti oyga ega. Yevroparlament deputatlari tomonidan tuzilgan, iqtisodiy majburlaş holatlarida Yevropa Ittifoqi javob berişi mumkin bölgan harakatlar röyxati nafaqat tovarlar va xizmatlar savdosiga, balki intellektual mulk huquqlari va töğridan töğri xorijiy investitsiyalar böyiça ham çeklovlarni öz içiga oladi. Boşqa ehtimoliy qadamlar - Yevropa Ittifoqining xaridlar bozoriga va kapital bozoriga, şuningdek, kimyoviy va gigiyena standartlariga rioya etişni talab qiladigan mahsulotlar bozoriga kirişni çeklaş.