Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tuz ortib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Samarqand viloyati Samarqand tumani hududida tuz ortib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 16 iyul kuni soat 10:00larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining 1081-kilometrida tuz ortib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketgan.
Qayd etilishicha, Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasining haydovchisi, aylanma harakatlanish davomida, rulni keskin burib yuborgan. Oqibatda yuk mashinasi o‘ng tomonga ag‘darilgan va yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

Ta'kidlanishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasida hech kim tan jarohati olmagan. Faqat yuk mashinasi shikastlangan. Unga ortilgan tuzga zarar yetgan. Hodisa viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
15:32 / 15.06.2026
Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026