Jahon | 16:50 / 17.07.2021
9657
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi suv toshqinlari qurbonlari soni 130 nafardan oshdi

Germaniya mudofaa vazirligi mamlakat g‘arbida harbiy falokat rejimini e'lon qildi.

Germaniya g‘arbidagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 133 nafarga yetdi. Bu haqda Bild jurnali xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida 600dan ortiq kishi jabr ko‘rgan. 

Shimoliy Reyn—Vestfaliyada 43, Reynland-Pfalsda 90 kishi halok bo‘lgan. 

Ushbu haftada Germaniyaning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismlarida kuchli yomg‘irlar yog‘di. Natijada Reyn daryosining irmoqlari Ar va Mozel hamda yana bir nechta kichik daryolar o‘zanidan toshib chiqdi.

Germaniya mudofaa vazirligi mamlakat g‘arbida harbiy falokat rejimini e'lon qildi.

Arvayler tumanida toshqinlardan keyin 1,3 mingga yaqin odam bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Vaqtinchalik joylashtirish punktlarida 3,5 mingdan ko‘proq odam qolmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid