O‘zbekiston | 10:06 / 17.07.2021
32920
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik holatlar soni 900dan oshiq, yana 4 bemor vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 500 nafardan, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 400 nafardan oshgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 16 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 118881 (+501) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 22 nafari Andijon viloyatida,
- 12 nafari Buxoro viloyatida,
- 57 nafari Jizzax viloyatida,
- 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 15 nafari Navoiy viloyatida,
- 18 nafari Namangan viloyatida,
- 38 nafari Samarqand viloyatida,
- 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 35 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 44 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 17 nafari Xorazm viloyatida,
- 51 nafari Toshkent viloyatida,
- 115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 416 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 114 nafar,
- Buxoro viloyatida 43 nafar,
- Jizzax viloyatida 101 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
- Namangan viloyatida 20 nafar,
- Samarqand viloyatida 55 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 32 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 53 nafar,
- Toshkent viloyatida 42 nafar,
- Toshkent shahrida 89 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 113825 (+564) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 793 nafarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
16:38 / 03.12.2023
Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi
18:55 / 27.11.2023
Xitoyda bolalar pnevmoniyasi bilan bog‘liq vaziyat og‘ir emas – JSST
18:31 / 23.11.2023
Toshkentda O‘RVI tarqalishi kuchaydi. Vazir mas’ullarga shoshilinch topshiriqlar berdi
11:40 / 13.12.2022