O‘zbekiston | 12:55 / 18.07.2021
11212
3 daqiqa o‘qiladi

19 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

«O‘zgidromet» 19 iyul kuni kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–24 daraja iliq, kunduzi 36–38 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja iliq, kunduzi 35–40 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja iliq, kunduzi 35–40 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja iliq, kunduzi 34–39 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja iliq, kunduzi 35–40 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja iliq, kunduzi 28–33 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 22–27 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan oldinroq «O‘zgidromet» Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida hamda Qirg‘izistonning vodiy bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga, 19 iyulda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi borligidan ogohlantirgandi.

Mavzuga oid