Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada 114 ming kishi sanitar ruxsatnomalarga qarshi namoyishlarga chiqdi
Fransiyada koronavirus pandemiyasi vaqtida kafe va restoranlarga tashrif buyurishga ruxsat beruvchi sanitar ruxsatnomalar joriy qilinishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. 17 iyulda bo‘lib o‘tgan ushbu namoyishlarga 114 ming kishi qatnashgan.
Shunday namoyishlardan uchtasi Parijda o‘tgan. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, ularda 18 ming kishi ishtirok etgan. Shahar politsiyasi bir necha soatga markaziy ko‘chalarni yopishiga to‘g‘ri kelgan.
Parij janubida o‘tgan namoyishlar ishtirokchilari “Erkinlik” va “Sanitar ruxsatnomaga yo‘q” degan shiorlarni hayqirishgan. Odamlar “Marseleza”ni kuylashgan va hukumatni koronavirusga qarshi yangi cheklovlarni kiritish rejasidan voz kechishga chaqirishgan.
Xuddi shunday namoyishlar Nant, Strasburg, Perpinyan, Bordo, Nitssa, Tuluza va boshqa shaharlarda o‘tgan.
12 iyulda Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron mamlakatda epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli tibbiy xodimlar va bir qator sohalar ishchilari majburiy emlanishini e'lon qilgan. Avgustdan Fransiyada bar, restoran va savdo markazlariga tashrif buyuruvchilardan sanitar ruxsatnomalar talab qilina boshlanadi. Samolyotlar va uzoq masofalarga qatnovchi poyezdlarga faqat emlanganlar va koronavirusga qarshi manfiy test topshirganlargina qo‘yiladi.
Mavzuga oid
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026