Men AQŞga ketiş haqida doim öylab yurib, bunga qattiq intilgan emasman. Universitet (Özbekiston davlat jahon tillari)da birga öqigan juda köp kursdoşlarim hali öqiş vaqtidayoq turli vizalarga, grantlarga harakat qilişardi, ketiş yöllarini örganib çiqişardi. Ulardan ba'zilari hozir Amerikada yaşaydi. Men esa talabalik yillarimni özim qiziqqan futbol jurnalistikasini örganiş, turli naşrlarda işlab tajriba töplab, turli loyihalar qilib ötkazganman.

Öqişni bitiriş arafasida Toşkentning “Lokomotiv” futbol klubiga matbuot kotibi sifatida işga çaqirişgan, u yerda bir yil işladim. Keyin Özbekiston futbol federatsiyasining matbuot xizmati boşliği Sanjar Rizayev özi rahbarlik qilayotgan bölimga işga taklif qilgan. Xullas, özim qiziqqan yönalişda faoliyatimni qurib, öziga yaraşa kiçik qadamlarni tez-tez bosib ötayotgan paytlar edi.

Hozir eslasam, oldimga qöygan maqsadlarimga erişayotganimga qaramay, iqtisodiy holatim yaxşilanmayotgani haqida öylay boşlagan, nimanidir özgartiriş kerakligi haqida boş qotirib yurgan ekanman.

Özgariş qilişdagi variantlarimdan eng oxirida “grin kard” arizasini töldiriş turardi. Uni töldirib qöyganman-u, unutganman, çunki lotereyaga umid qilib reja tuziş – tentaklik. Lekin ariza töldirayotganimda, viza çiqsa ketişimga işonardim.

Turmuş örtoğim ham, men ham ingliz tilini bilamiz. Farzandimiz juda yoş, hali tili ham çiqmagandi. Iqtisodiy ahvolni öşa yerda turib yaxşilay olganimizda ham, biz ta'sir ötkazolmaydigan boşqa ijtimoiy-maişiy muammolar yetarliça... Oila va yaqinlarning buguni, farzandlar kelajagi uçun – ketiş, qolişdan köra yaxşiroq yöl deb bilganmiz.

Xullas, “grin kard” çiqqan va “sehrli diyor”ga yöl olganmiz.

Biz duç kelgan ilk muammolar

Birinçi muammo – AQŞga ketayotganimda u yerda yordam berişi mumkin bölgan tanişlarim deyarli yöq edi. AQŞ – katta mamlakat, qayerga boraman, nima qilaman? Birgina ilinj bor edi: sinfdoşim Florida ştatining Orlando şahrida yaşayotgani va borsam kutib olişi mumkinligini aytgan. U bizni kutib olib, avvaldan gaplaşib qöygan bir uyga olib bordi, boşpana masalasi vaqtinça şunday hal qilingan.

AQŞga katta mablağ bilan ketmagandim, qolaversa, oilam ham birga ekani sababli iş topiş muammosi paydo bölgan. Grin-karta va boşqa hujjatlar AQŞga kirib kelganimizdan keyin 30-40 kun içida poçta orqali yetib kelişini hisobga olsak, iş variantlari karrasiga kamayib ketgandi. Bir oy işlamay kutişni hamyon kötarmasdi.