Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada koronavirus sababli komendantlik soati qaytadan joriy etilishi mumkin
18 iyul kuni Fransiyada sutka davomida 12 mingdan ortiq koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilgan. Ekspertlarning fikricha, bu mamlakatda yangi epidemiya avj olganidan darak beradi.
Fransiya hukumati yaqin vaqt ichida mamlakatning ayrim regionlarida komendantlik soati qaytadan joriy etilishi mumkinligini istisno qilmayapti. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Kleman Bon BFM telekanali efirida ma'lum qildi.
«Bo‘lishi mumkin», — dedi u bu haqda berilgan savolga javoban.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat prezidenti Emmanyuel Makron 12 iyul kungi televizion murojaatida regionlar prefektlari karantin cheklovlarini joriy etish huquqiga egaligini aytgan.
«Choralar vaziyatning og‘irligiga muvofiq holda qabul qilinishi lozim», — deb ta'kidladi Bon.
18 iyul kuni Fransiyada sutka davomida 12 mingdan ortiq koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilgan. Ekspertlarning fikricha, bu mamlakatda yangi epidemiya avj olganidan darak beradi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 5,8 milliondan oshgan, 111 mingdan ziyod bemor vafot etgan. Respublikada 36 milliondan ko‘proq kishi koronavirusga qarshi vaksinaning bir dozasini olgan.
Mavzuga oid
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026