O‘zbekiston | 13:01 / 19.07.2021
4249
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident qator viloyatlarda gidrotexnik inshootlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun o‘tkazilgan an'anaviy brifingda joriy haftada davlat rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida ma'lumot berdi.

“Bu haftada Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida gidrotexnik inshootlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish, tabiiy va aniq fanlar hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish to‘g‘risida taqdimot bo‘lib o‘tadi”, deya Sherzod Asadovning nutqidan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Shuningdek, hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. 

Ma'lum qilinishicha, ular bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida batafsil xabar beriladi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid