Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlangani e'lon qilindi
Fransiyada koronavirus pandemiyasining to‘rtinchi to‘lqini boshlandi. U avvalgi to‘lqinlarga nisbatan virusning yuqoriroq sur'atlarda tarqalishi bilan kechmoqda. Bu haqda hukumatning rasmiy vakili Gabriel Attal ma'lum qildi.
“Biz koronavirusning to‘rtinchi to‘lqiniga kirdik. Virus tarqalishi sur'atlari avvalgi bosqichlarga nisbatan yuqori”, deb aytgan Attal.
Uning ta'kidlashicha, mamlakatda oxirgi bir hafta ichida koronavirus bilan kasallanish holatlari ikki martaga ko‘paygan. “Hozirda biz kuniga 10 mingga yaqin kasallanish holatini qayd qilmoqdamiz”, deb aytgan Fransiya hukumati vakili.
Attalning aytishicha, hozirda aniqlanayotgan 80 foiz kasallanish holatlari virusning “delta” varianti bilan bog‘langan. Ushbu shtamm mamlakatning barcha hududlarida qayd qilingan.
Mavzuga oid
09:55
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026