O‘zbekiston | 10:36 / 20.07.2021
46514
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus va pnevmoniya: O‘zbekistonda 2021 yilgi yangi antirekord yana yangilandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 658 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 465 nafarga oshgani, yana 4 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 19 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 120631 (+658) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 79 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 17 nafari Andijon viloyatida,
  • 14 nafari Buxoro viloyatida,
  • 67 nafari Jizzax viloyatida,
  • 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 15 nafari Navoiy viloyatida,
  • 38 nafari Namangan viloyatida,
  • 63 nafari Samarqand viloyatida,
  • 23 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 62 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 54 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 18 nafari Xorazm viloyatida,
  • 65 nafari Toshkent viloyatida,
  • 121 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 465 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Bu kunlik koronavirus va pnevmoniya holatlari (+1123) bo‘yicha navbatdagi antirekorddir. Bundan avvalgi antirekord 19 iyul kuni qayd etilgan, bir kunda 585 kishida (undan oldingisi 20 iyun kuni - 546 holat) COVID-19, 462 kishida pnevmoniya (jami +1047) tasdiqlangandi. 

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23 nafar,
  • Andijon viloyatida 57 nafar,
  • Buxoro viloyatida 43 nafar,
  • Jizzax viloyatida 50 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,
  • Navoiy viloyatida 29 nafar,
  • Namangan viloyatida 40 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 94 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 71 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 50 nafar,
  • Xorazm viloyatida 34 nafar,
  • Toshkent viloyatida 53 nafar,
  • Toshkent shahrida 86 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 115514 (+649) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 805 nafarni tashkil qildi.

Ayni vaqtda shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 4,3 mingdan ortiq.

Mavzuga oid