“20 yilda erişilgan yutuqlarni saqlab qoliş zarur” - Ismatulla Ergaşev bilan Toşkent konferensiyasi yakunlari böyiça suhbat
|23:01 / 21.07.202117 27117 min
Afğon muammosi. Şu qadar uzoq muhokama qilingan, dunyo hamjamiyatini şunçalar taşvişga solgan masalaki, unga befarq bölmagan qator davlatlar hatto eng malakali diplomatlariga Afğoniston böyiça maxsus vakil maqomini bergan. Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev bilan suhbat Toşkent konferensiyasi, qöşni davlatda kun sayin özgarib borayotgan vaziyat hamda uning Özbekiston va dunyoga ehtimoliy ta'sirlari haqida böldi.
— Ismatulla Raimoviç, yaqinda Toşkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy özaro boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bölib ötdi. Sizningça, uning asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
— Darhaqiqat, poytaxtimiz “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy özaro boğliqlik.Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qildi. Deyarli barça oliy martabali mehmonlar va iştirokçilarning umumiy fikriga köra, anjuman yuqori taşkiliy daraja va yuksak saviyada taşkil etildi.
Toşkentga Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani, Pokiston boş vaziri Imron Xon, Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy vakili Jozep Borrel, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Bangladeş hamda Markaziy Osiyo respublikalari taşqi işlar vazirlari, Birlaşgan Arab Amirliklari energetika vaziri, AQŞ prezidenti maslahatçisi, Eron, Qatar, Nepal va mintaqaning boşqa mamlakatlari taşqi siyosat mahkamalarining rahbar şaxslari taşrif buyurdi. Konferensiyada BMT boş kotibi konferens-aloqa tarzida ma'ruza qildi. Şuningdek, xalqaro moliya institutlari, nufuzli banklar boşqaruv hay'ati a'zolari hamda dunyoning yetakçi tadqiqot va tahliliy markazlari vakillari iştirok etdi.
Uşbu xalqaro anjuman iştirokçilarining tarkibi va ularning fikr-mulohazalariga asoslangan holda aytişimiz mumkinki, muhtaram prezidentimizning mazkur tadbirni ötkaziş böyiça taşabbuslari nafaqat mintaqa doirasida, balki global miqyosda ham qöllab-quvvatlandi.
Markaziy va Janubiy Osiyo qadimdan bir-biriga uzviy boğlangan hududlar bölib kelgan. Afsuski turli zamonaviy global muammolar, xususan Afğonistonda har xil “siyosiy öyinlar” oqibatida avj olgan fuqarolik uruşi ikki mintaqa örtasidagi azaliy aloqalar uzilişiga olib keldi va özaro işonçsizlik va sovuqçilik muhitini yuzaga keltirdi.
Prezidentimiz özaro boğliqlikni qayta tiklaş, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining mavjud salohiyatini röyobga çiqariş, Afğonistonda uzil-kesil tinçlikni qaror toptiriş maqsadida tarixiy ahamiyatga ega ğoyani ilgari surdi. Uning asosida quyidagi oliy maqsadlar mujassam:
Birinçidan, Afğon zaminida barqaror tinçlik örnatiş böyiça mintaqa doirasida va xalqaro maydonda yagona yondaşuvni şakllantirişga erişiş;
Ikkinçidan, Afğonistonning ikki mintaqa örtasidagi juğrofiy mavqeini uning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalişiga xizmat qiluvçi omilga aylantiriş;
Uçinçidan
Mavzuga oid
, mintaqada özaro işonç fazosini tiklaş orqali Afğoniston va Pokistonning transport-tranzit salohiyati va imkoniyatlarini mintaqa yuksalişiga yönaltiriş;
Törtinçidan, Afğonistonning mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalar tizimiga faol qöşilişini ta'minlaş.
Özbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Termiz - Mozori-Şarif - Kobul – Peşovar” temir yölini quriş taşabbusining hayotga tatbiq etilişi Afğoniston taşqi savdosining 50 foizga ösişini ta'minlaydi va tranzitdan Kobulga yiliga 400-500 mln dollar daromad keltiradi.
Umuman olganda, uşbu transçegaraviy temir yölni foydalanişga topşiriş Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivoji uçun mustahkam zamin yaratadi.
Şu bilan birga, muhtaram prezidentimiz özaro aloqalarni va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlamasdan turib bugungi kunda mamlakatlarimiz duç kelayotgan xavf-xatar va tahdidlarni yengib bölmasligini xalqaro hamjamiyat diqqatiga yetkazdi.
Bugungi kunda Afğoniston özining yangi tarixidagi muhim buriliş davrini boşdan keçirmoqda. Şu örinda, Toşkent xalqaro konferensiyasi yakunlangaç, Doha şahrida muxolif afğon tomonlarining ançadan beri töxtab turgan muzokaralari boşlanişida ham ramziy ma'no bor, deb öylayman.
— Suhbatimizni köpçilik vatandoşlarni xavotirga solayotgan bir savol bilan davom ettirsak. AQŞ harbiylari ketgaç, Afğonistonda nima böladi?
— Özbekiston mintaqaning boşqa mamlakatlari singari, Afğonistondan xorijiy qöşinlar yuksak mas'uliyat va javobgarlik asosida hamda mamlakatda tinçlik jarayonining sur'atiga mutanosib ravişda olib çiqilişi tarafdoridir.
Ta'kidlaş joizki, sönggi 20 yil davomida Afğonistonda inson, xotin-qizlar va mamlakatda yaşovçi turli millatlarning huquqlarini, fuqarolik jamiyati faoliyatini ta'minlaş böyiça muhim davlat institutlari taşkil etildi. Biz uşbu erişilgan barça yutuqlarni Afğonistonning kelajagi uçun öta muhimligini inobatga olgan holda, ularni saqlab qoliş zarur deb, hisoblaymiz.
AQŞ qöşinlarining olib çiqilişi ortidan Afğoniston şimolidagi vaziyatning keskinlaşuvi, mamlakat içida umummilliy yaraşuvga erişiş neçoğlik zarurligining yaqqol isbotidir.
Yuqorida qayd etganimdek, Qatar hukumatining bevosita kömagida Doha şahrida muxolif afğon tomonlari örtasida yangidan boşlangan töğridan töğri muzokaralar aynan şu maqsadga yönaltirilgan.
Birinçi navbatda, uşbu muzokaralar özaro kuraşayotgan tomonlar örtasida öt oçişni töliq töxtatiş va Umummilliy tinçlik Şartnomasini imzolaşga yordam berişiga umid bildiramiz.
Şubhasiz, Afğonistondagi bugungi voqelik mintaqa va global miqyosda yagona mavqe işlab çiqişni talab qilmoqda.
Şu örinda quyidagilarni ta'kidlaşni istardim:
Birinçidan, milliy kelişuvga erişişning muqobil yöli mavjud emas;
Ikkinçidan, mamlakatda xorijiy kuçlar yordamida yuzaga kelgan vaziyatni saqlab qolişning imkoni yöq;
Uçinçidan, mamlakatdagi barça siyosiy partiyalar va kuçlar öz xalqining kelajagi uçun birlaşişi lozim;
Törtinçidan, ötgan yilning 12 sentyabrida boşlangan rasmiy Kobul va “Tolibon” örtasidagi afğonlararo tinçlik jarayoni barça içki siyosiy guruhlarni qamrab olişi şart.
Alohida ta'kidlab ötiş joizki, muxolif tomonlar Afğonistondagi etnik xilma-xillikni e'tirof etişlari va tinçlik muzokaralarida özaro konstruktiv kompromisslarga tayyor bölişlari zarur. Mamlakatdagi turli millat vakillarini tinçlik böyiça siyosiy jarayonlarga jalb qiliş – mamlakatda yakuniy sulhga erişişga kömaklaşadi. Afğoniston hududi, xorijiy kuçlar çiqib ketgaç, turli körinişdagi terroristik taşkilotlar uçun boşpana va uçinçi davlatlar uçun tahdid makoniga aylanmasligi öta muhimdir.
Bir söz bilan aytganda, bugungi vaziyatda Afğoniston hukumati barça içki etno-siyosiy kuçlar bilan özaro birlaşgan holda mamlakatda Umummiliy yaraşuvga erişiş va afğon xalqi uzoq yillar davomida intizorlik bilan kutgan tinçlik uçun yakdillik bilan sa'y-harakatlarni amalga oşirişi zarur.
— Toliblar Markaziy Osiyoga daxl qilmasligini takror-takror aytmoqda. Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov ham yaqinda amerikalik jurnalistga bergan intervyusida “Tolibon” hali biror marta Afğoniston taşqarisida terakt sodir etmaganini aytdi. Biroq Toşkentdagi konferensiyada Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Afğonistondagi notinçlik qöşni davlatlarga tarqalişi xavfi haqida ta'kidladi. Siz bu xavfni qanday baholaysiz?
— Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yili Toşkentda bölib ötgan yuqori darajadagi Afğoniston böyiça tinçlik konferensiyasida ta'kidlaganidek, Afğonistonning xavfsizligi – bu Özbekiston xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotining garovidir.
Şundan kelib çiqqan holda aytişimiz mumkinki, davlatimiz rahbarining Afğoniston yönalişidagi siyosati faqatgina bu mamlakat tinçligi uçungina emas, balki umumiy uyimiz bölgan mintaqada xavfsizlikni ta'minlaş hamda har qanday terrorizm, aqidaparastlik va zöravonlikdan yiroq bölgan tinçlik uçun kuraşişni maqsad qilib qöygan.
Şu sababli, Özbekiston Afğonistondagi barça yetakçi siyosiy-harbiy kuçlar vakillari, jumladan “Tolibon” harakati rahbariyati bilan ravon va betaraf mustahkam aloqalarni örnatgan. Şuni aytib ötiş joizki, ularning barçasi, şu jumladan, “Tolibon” rahbariyati, muloqotlar davomida rasmiy Toşkent afğon inqirozini hal qilişda xolisona, samimiy va konstruktiv siyosat yuritayotganini tan olişmoqda va şu bilan birga, ular Özbekiston prezidentining siyosatiga töla işonç bildirişmoqda. Çunki, Özbekiston rahbariyatining Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Afğoniston bilan yaxşi qöşniçilik aloqalarini kengaytiriş siyosati mintaqaviy hamkorlikning yangi muhitini yaratmoqda va kelajakka umidlarimizni mustahkamlamoqda.
Biz, uşbu davlatda tinçlik örnatilişi uçun lozim bölgan asosiy tamoyilga sodiq qolamiz. Ya'ni mamlakatda barqaror tinçlik örnatiş uçun zarur bölgan siyosiy jarayonlar faqat afğonlarning özi tomonidan va Afğoniston xalqi rahbarligida amalga oşirilişi zarur.
Bundan taşqari, Afğoniston geopolitik manfaatlar töqnaşadigan sahnaga aylanmasligi lozim. Şu nuqtayi nazardan, AQŞ, Rossiya va Xitoy “uçligi”ning taşkil etilişi va unga Pokistonning qöşilgani alohida ahamiyat kasb etadi, çunki bu davlatlar örtasida afğon muammosi böyiça yakdillikka erişiş öta muhimdir. Şu bilan birga, bu masalada Eronning ham mavqeyi hisobga olinişi şart, deb öylayman.
Şuningdek, mintaqaning barça davlatlari Afğonistondagi vaziyatni bir xil baholaşi, mavjud muammolar yeçimi va yuzaga keladigan tahdidlarga nisbatan muştarak qaraşga ega bölişi zarur. Agar uşbu mamlakatlar muammolarni faqat özlari emas, balki özaro konsensusga erişgan holda birgalikda yeçadigan bölsa, Afğonistonda barqaror tinçlik örnatiş uçun muhim zamin yaratilgan bölar edi.
Albatta, Afğonistondagi notinçlik bizni ham xavotirga soladi va uning salbiy ta'sirining oldini oliş uçun kerakli çora-tadbirlar körib qöyilgan. Lekin şu bilan birga aytib ötmoqçi edimki, “Tolibon” rahbariyati bilan muloqotlarimiz davomida ular bir neça bor faqatgina öz mamlakatlari ozodligi uçun kuraşayotganliklari va qöşni davlatlar, şu jumladan, Özbekiston çegaralarini buziş yoki Afğoniston hududi orqali mamlakatimizga heç qanday tahdidlarga yöl qöymasliklarini alohida ahamiyat bilan ta'kidlab ötişdi.
Öylaymanki, biz azaliy qöşnimiz bölmiş Afğoniston bilan doimo yaxşi qöşniçilik munosabatlarini saqlab qolamiz va birodarlik riştalarini yanada kengaytiramiz.
— Afğonistondan Özbekistonga qoçib ötayotganlar öz vataniga qaytarib yuborilmoqda. AQŞga xayrixohlik bildirgan, bugungi kunda real xavf ostida qolayotgan odamlarning taqdiri muhokama qilinyaptimi? Özbekiston ularga boşpana berişi mumkinmi?
— Haqiqatan, bu Özbekiston uçun öta jiddiy va hassos masaladir va uni birdaniga hal etib bölmaydi. Bu muammoni uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlaridan kelib çiqqan holda hal etiş lozim.
Ma'lumki, Özbekiston qoçoqlar maqomi töğrisidagi 1951 yil Konvensiyasiga va 1967 yilda qabul qilingan Protokolga qöşilmagan, undan taşqari, mamlakatimiz qonunçiligida qoçoqlar maqomini oliş tartibi ham közda tutilmagan.
Şundan kelib çiqqan holda, hamda uşbu masalaning içki va taşqi omillarini nazarga olgan holda, AQŞga xayrihohlik bildirgan afğon fuqarolariga bizning zaminimizda boşpana berişning qonuniy va amaliy asoslari yöq.
“Tolibon” rahbariyatining yaqin kunlardagi bayonotiga muvofiq, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilgan afğon fuqarolarini avf etiş va agar ular öz xalqiga xolisona xizmat qiliş istagini bildirişsa, ularga ozodlik va'da qilinişi e'lon qilingan.
Özingizga ma'lumki, qoçoqlar muammosida yetakçilik va muvofiqlaştiriş roli bevosita BMTga tegişlidir. Agar bu xalqaro taşkilot tegişli murojaat bilan çiqsa, Özbekistonning çegara hududida BMTning qoçoqlar böyiça oliy komissariati vakolatxonasi oçiş va uning Afğoniston hududida joylaşgan qoçoqlarga yordam beriş böyiça faoliyatini ta'minlaş masalasi ijobiy körib çiqilişi mumkin.
Özbekiston yaxşi qöşniçilik va özaro hurmat tamoyillariga rioya etgan holda Afğonistondan mamlakatimiz hududiga qoçib ötgan afğon harbiylarining hayotini saqlab qolişda yordam berdi va ularning öz xohiş-istaklari asosida vatanga qaytişida yordam körsatdi. Özbekiston boşqa mamlakatlarning içki işlariga aralaşmaslik prinsipiga sodiq qoladi.
— Bölib ötgan konferensiya doirasida AQŞ, Özbekiston, Afğoniston va Pokiston iştirokida tört tomonlama yangi siyosiy platforma taşkil etilgani e'lon qilindi. Bu “törtlik” asosan afğonlararo inklyuziv muzokaralarni yölga qöyiş bilan şuğullanadimi?
— Xalqaro anjuman doirasida AQŞ taşabbusiga binoan yangi “törtlik” taşkil etilgani töğrisida bayonot tarqatildi. Şuni aytib ötiş kerakki, bu masala birdaniga yoki öz-özidan kelib çiqqani yuq.
Esingizda bölsa ötgan yilning örtalarida Amerikaning Afğonistondagi yaraşuv masalalari böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod va Xalqaro taraqqiyotni moliyalaştiriş korporatsiyasi boş ijroçi direktori Adam Boler boşçiligidagi hay'atning Toşkentga safari çoğida Özbekiston va Afğoniston iştirokida amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalarni moliyalaştiriş masalasi ham körib çiqilgan edi.
Amerika hay'ati bilan muzokaralar çoğida Özbekiston taşabbusi bilan Afğonistonda amalga oşirilişi közda tutilayotgan energetika va transport-kommunikatsiya loyihalarining bu mamlakatda doimiy tinçlikni örnatiş uçun ahamiyati beqiyos ekanligiga alohida urğu berildi.
Şundan keyin bu masala böyiça tomonlar iştirokida özaro muzokaralar va fikr almaşuvlar yölga qöyildi, şu jumladan, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining özaro boğliqligini ta'minlovçi loyihalarni amalga oşirişga qaratilgan yangi formatni taşkil etiş ham uçraşuvlarning kun tartibidan örin olgan edi.
Ba'zilar, siz savol bergandek, bu yangi format faqat inklyuziv afğonlararo muzokaralar uçun xizmat qiladi, degan fikrni bildirdi.
Lekin bu sayozroq xulosa, çunki bu formatning asosiy yönalişlaridan biri – mintaqaviy özaro boğliqlikni kengaytirişga xizmat qiliş. Şu bilan birga, AQŞ, Özbekiston, Afğoniston va Pokiston vakillari, mintaqalararo aloqalarning rivojlanişi Afğonistonda doimiy tinçlik va barqarorlikni örnatiş uçun öta muhim ekanligini e'tirof etişdi. Boşqaça qilib aytganda – tinçlik va mintaqaviy boğliqlik bir-birini özaro kuçaytiruvçi omillar hisoblanadi.
Tomonlar samarali xalqaro savdo yönalişlarini rivojlantirişni tarixiy imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda, özaro tijoratni kengaytiriş, yangi tranzit marşrutlarini yaratiş va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaşga umid bildirişdi.
Yaqin kelajakda uşbu mamlakatlarning vakillari yiğilib “törtlik” doirasida bölajak hamkorlikning ustuvor yönalişlari haqida kelişib oladi.
Men öylaymanki AQŞ, Özbekiston, Afğoniston va Pokiston iştirokida yangi “törtlik” formatining taşkil etilişi bölib ötgan nufuzli xalqaro anjumanning amaliy natijalaridan biri böldi.
— Davlatimiz rahbari Afğoniston Islom Respublikasi, Markaziy va Janubiy Osiyo özaro boğliqligining muhim böğini deb ta'kidladi. Bu haqda siz nima deya olasiz?
— Avvalambor şuni ta'kidlaş joizki, bölib ötgan xalqaro konferensiya Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari örtasidagi tarixiy aloqalarni tiklaş, mamlakatlar örtasidagi işonçsizlikka barham beriş yölidagi dadil qadam böldi va davlatimiz rahbari öz nutqlarida uşbu yönalişda istiqbolli ğoyalarni örtaga taşladilar.
Anjumanda Özbekiston tomonidan Afğonistonda amalga oşirilişi közda tutilgan energetika va transport-kommunikatsiya sohasidagi loyihalarga urğu berildi.
Prezidentimiz bu loyihalarning mintaqaviy ahamiyatga ega ekanligi hamda afğon xalqi manfaatlari yölida amalga oşirilişini ta'kidladi. Ma'lumki, Afğonistonning iqtisodiy tiklanişi nafaqat uşbu mamlakatning kelajagi, balki ulkan mintaqaning istiqbolini belgilovçi omil hisoblanadi.
Özbekiston Afğoniston bilan hamkorlikda “Surxon – Puli-Xumri” elektr tarmoğini barpo etiş hamda Transafğon transport yölagini yaratiş kabi muhim infratuzilma loyihalarini amalga oşirib kelmoqda.
Işonçim komilki, uşbu rejalarning hayotga tatbiq etilişi Afğoniston xalqi uçun minglab iş örinlarini yaratiş bilan bir qatorda, mamlakatning iqtisodiy rivojlanişi uçun mustahkam poydevor yaratadi.
Afğonistonda bardavom tinçlik va osoyiştalik örnatilgan taqdirdagina uşbu maqsadlarga erişiş mumkin.
Fikrimça, bölib ötgan nufuzli xalqaro konferensiya davlatimiz rahbari tomonidan afğon muammosini tinç yöllar bilan hal etiş, uning milliy iqtisodini tiklaş yölida amalga oşirilayotgan sa'y-harakatlarning mantiqiy davomidir.
Xulosa qilib aytganda, Toşkent konferensiyasi Özbekiston afğon muammosini tinç yöl bilan hal etiş böyiça asosiy diplomatiya maydoni hamda mintaqaviy boğliqlik ğoyasini amalda ilgari surayotgan lokomotiv davlat ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
Şu nuqtayi nazardan, zamonamizning eng dolzarb mavzusiga bağişlangan xalqaro forum öz vaqtida amalga oşirilgan taşabbus böldi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi