Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda mashina boshqarayotib telefondan foydalangan avtoblogerga chora ko‘rmagan YPX xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida avtomobil boshqarayotib telefondan foydalangan avtoblogerga chora ko‘rmagan YPX xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 9 iyun kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPX inspektorlari tomonidan Cobalt rusumli 75 E 270 MA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi harakatlanish davomida qo‘l telefonidan foydalanib kelgani uchun to‘xtatilgan.
Qayd etilishicha, haydovchi o‘ziga nisbatan ma'muriy bayonnoma qog‘ozda tuzilishini so‘ragan hamda shu joyda xizmat olib borayotgan inspektorlar tibbiyot niqobisiz faoliyat olib borayotganiga e'tiroz bildirgan. Ma'lum bo‘lishicha, Cobalt boshqaruvida avtoblogerlardan biri bo‘lgan. YPX inspektorlari harakatlanish davomida qoidalarni buzib, telefondan foydalangan haydovchiga nisbatan tegishli chora ko‘rmagan.
Ma'lum qilinishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan YPX inspektorlarining harakatiga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026