Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq kambag‘al mamlakatlarga 200 mln dozadan ortiq vaksina yetkazib beradi
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, vaksinalar COVAX dasturi orqali yetkazib beriladi.
YeI 2021 yil oxiriga qadar past va o‘rta darajadagi daromadli mamlakatlarga 200 mln dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beradi hamda Afrikada ommaviy vaksina ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yadi.
"Yil oxirigacha past va o‘rta darajadagi daromadli mamlakatlarga 200 mln dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beramiz", - dedi Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen.
YeIda vaksinaga muhtoj mamlakatlarga yordam berish bilan Team Europe ("Yevropa jamoasi") tashkiloti shug‘ullanadi. U YeIning 27 a'zosi tomonidan tashkil etilgan.
YeK raisining so‘zlariga ko‘ra, Team Europe sotib olgan 200 mln dozadan ortiq vaksina COVAX dasturi orqali yetkazib beriladi.
Shuningdek, Team Europe Afrikada vaksina ishlab chiqarish va tarqatish bo‘yicha loyihani ilgari surgan. Loyihaga YeI tomonidan bir milliard yevro ajratiladi.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026