Sport | 20:41 / 23.07.2021
7169
1 daqiqa o‘qiladi

Tokioda Olimpiada o‘tkazilishiga qarshi namoyishlar boshlandi

Tokioda koronavirus tarqalishi jadallashishi xavfi ortida 2020 yilgi Olimpiada o‘tkazilishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Foto: TASS

Namoyishchilar ko‘chalar bo‘ylab yurib, “Olimpiadani to‘xtating” deb hayqirishgan va “Olimpiadaga yo‘q” hamda “Olimpiadani bekor qiling, hayotlarni saqlab qoling” deb yozilgan plakatlarni ko‘tarib borishgan.

Jumladan, ular Olimpiada ochilishi marosimi o‘tadigan yangi milliy stadion oldida to‘planishgan.  

Namoyishlar borishi ortidan politsiyachilar kuzatib borgan. Ular namoyishchilarni tarqatib, stadion atrofini o‘rab olishgan.

Avvalroq Tokioda Olimpiada boshlanishi arafasida koronavirusga chalinish bo‘yicha yarim yillik antirekord qayd qilindi. Yaponiya poytaxtidagi epidemiologik vaziyat jadal sur'atlarda yomonlashmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid