Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada koronavirus cheklovlariga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi
Fransiya ichki ishlar vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan shanba kuni ana shunday namoyishlarda butun Fransiya bo‘yicha 114 mingga yaqin kishi ishtirok etgan.
Fransiyaning qator shaharlarida «sanitar ruxsatnomalar» va ommaviy vaksinatsiyaga qarshi namoyishlar boshlandi. Bu haqda BFM TV telekanali xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Parijda bir necha mingga yaqin kishi namoyishga chiqqan.
Shuningdek, Lion, Dyunkerk, Perpinyan va Nitssa shaharlari aholisi ham norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda.
Fransiya ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan shanba kuni ana shunday namoyishlarda butun Fransiya bo‘yicha 114 mingga yaqin kishi ishtirok etgan.
Ushbu haftada Fransiya hukumati koronavirusga qarshi emlashni tezlatish bo‘yicha qonun loyihasini parlamentga taqdim etgan. Rejaga ko‘ra, avgustdan sanitar ruxsatnomalar joriy etish va tibbiyot muassasalari xodimlarini majburan emlash ko‘zda tutilgan.
Fransiyada koronavirus yuqtirganlar soni 6 milliondan oshgan, 112 mingga yaqin bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
09:55
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026