MSK: “Prezidentlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar o‘zgarmagan”
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning ma'lum qilishicha, prezident saylovlarida qatnashadigan nomzodlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan talablarda o‘zgarish yo‘q.
«Nomzodlarga talablar o‘zgargani yo‘q. Saylov kodeksida qanday talab bo‘lsa, o‘sha talablar amalda. Hech qanday yangilik yoki o‘zgarish yo‘q.
Faqatgina bir narsa yangilik bo‘ldi, endi saylov byulletenida lavozim yozilmaydi, familiya, ism-sharifi yoziladi xolos», deya Bahrom Qo‘chqorovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Saylov kodeksining 61-moddasiga ko‘ra, o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan fuqaro O‘zbekiston prezidenti etib saylanishi mumkin.
Qonunda qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar; diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari prezidentlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmasligi belgilangan. Shu bilan birga, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
Avvalroq, Bahrom Qo‘chqorov bu yilgi prezident saylovida saylovchilar tashabbuskor guruhi prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqiga ega emasligi, faqatgina siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar qatnashishi mumkinligini ma'lum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil bilan to‘qnashuvdan so‘ng HAMASdan nima qoldi?
Jahon | 10:47
-
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi
Jamiyat | 10:38
-
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi
O‘zbekiston | 10:37
-
AQSh Kongressiga Rossiya neftini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
Jahon | 10:05
Mavzuga oid

18:37 / 17.11.2024
Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi

15:54 / 19.08.2024
“Aralash tizim partiyalarni faollashtirishidan umidvormiz” - MSK vakili

13:30 / 26.07.2024
“E-saylov” tizimi sabab 5 mlrd so‘m xarajat kamayadi” – Bahrom Qo‘chqorov

15:47 / 26.03.2024