Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olishda subsidiyalar beriladi
Hukumat qarori bilan ko‘chat va payvandtaglarni sotib olishda 2,5 ming so‘mdan 8 ming so‘mgacha subsidiyalar beriladi.
Hukumat qaroriga muvofiq, qishloq xo‘jaligi birlashmalari a'zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik sub'yektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
Nizomga ko‘ra, subsidiyalar ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun beriladi (danak va urug‘dan ko‘paytirilgan payvandtaglar bundan mustasno).
Subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori sotib olinadigan ko‘chatlar va payvandtaglarning har bir donasi uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- intensiv meva va uzum ko‘chati uchun – 8 000 so‘m;
- payvandtag uchun – 2 500 so‘m.
Subsidiya miqdori tok ko‘chatlari (xo‘raki va kishmishbop) uchun 0,15, urug‘li mevalar uchun 0,50, danakli mevalar uchun 0,75, yong‘oq mevalar uchun 1,00 koeffitsiyentlarni bazaviy hisoblash miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Har yili 1 noyabrga qadar loyiha tashabbuskorlarining intensiv ko‘chatlar turlari, navlari va miqdoriga bo‘lgan talabini aniqlash maqsadida intensiv bog‘ va tokzor barpo etish bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxati shakllantiriladi.
Avvalroq, uzum plantatsiyalari uchun subsidiyalar ajratilishi xabar qilingandi.
Bundan tashqari, sholikorlarga, parrandachilik, ipakchilik va qorako‘lchilikka ham subsidiyalar berilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
13:31 / 13.06.2026
Quyosh panellari egalariga subsidiya to‘lash kechikmoqda
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026