“Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalaniş, ipak va junni qayta işlaşni qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvargaça:

  • har yili yetiştiriladigan pilla (höl pilla) hosilining 1 kilogrammi uçun 5 ming söm miqdorida xonadonlarda pilla yetiştiruvçilarga respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi;
  • tutzorlarni suğoriş uçun foydalanilgan suv hajmiga suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qöllanadi.

Şuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablağlar jun yönalişidagi qöylarni, şuningdek, qölda jun yigiriş, ipak matolari, gilam va kigiz töqiş uskunalarini sotib olişga ham yönaltiriladi.

Qarorga köra, quyidagi hududlar jun yönalişidagi mayda şoxli mollarni yetiştirişga ixtisoslaştiriladi:

  • Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor va Dehqonobod tumanlari;
  • Samarqand viloyatining Qöşrabot tumani;
  • Surxondaryo viloyatining Qumqörğon va Boysun tumanlari.

Qorakölçilikni yanada rivojlantiriş maqsadida 200 milliard söm mablağ ajratiladi.

Mazkur mablağlarning 50 milliard sömi 1-bosqiç sifatida jun yönalişidagi mayda şoxli mollarni yetiştirişga ixtisoslaşgan tumanlardagi tadbirkorlar tomonidan loyihalarni amalga oşiriş uçun kredit ajratişga yönaltiriladi.

2-bosqiçda – 2022 yil 1 aprelga qadar “Tiklaniş va taraqqiyot” jamğarmasi mablağlari hisobidan 50 million AQŞ dollari ekvivalentidagi mablağlar tijorat banklari orqali kredit ajratişga yönaltiriladi.

Bundan taşqari, Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi Ipakçilik va jun sanoatini rivojlantiriş qömitasi deb, Respublika “Qorakölçilik” uyuşmasi “Yaylov xöjaligini rivojlantiriş” uyuşmasi deb qayta nomlandi.