O‘zbekiston | 10:31 / 26.07.2021
22675
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana 700dan ortiq kishi koronavirusga chalindi, 7 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 705 kishida koronavirus, 482 kishida pnevmoniya aniqlangani, 7 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 25 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124995 (+705) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 71 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 21 nafari Andijon viloyatida,
  • 18 nafari Buxoro viloyatida,
  • 73 nafari Jizzax viloyatida,
  • 43 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 13 nafari Navoiy viloyatida,
  • 35 nafari Namangan viloyatida,
  • 69 nafari Samarqand viloyatida,
  • 26 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 59 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 64 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 37 nafari Xorazm viloyatida,
  • 80 nafari Toshkent viloyatida,
  • 96 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 482 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 97 nafar,
  • Jizzax viloyatida 119 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 29 nafar,
  • Navoiy viloyatida 17 nafar,
  • Namangan viloyatida 18 nafar,
  • Samarqand viloyatida 183 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 141 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 68 nafar,
  • Xorazm viloyatida 22 nafar,
  • Toshkent viloyatida 59 nafar,
  • Toshkent shahrida 58 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 119449 (+811) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 839 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid