Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
American Airlines uchuvchilardan yonilg‘ini tejashni so‘radi
Aviakompaniyalar top-menejyerlarining so‘zlariga ko‘ra, yonilg‘i yetkazib berishdagi muammolar AQSh ichida turistik sayohatlarga talab o‘sgan davrga to‘g‘ri kelmoqda.
Amerikaning American Airlines Group Inc aviakompaniyasi uchuvchilardan imkon boricha yonilg‘ini tejashni so‘radi, deb xabar bermoqda CNBC.
Qayd etilishicha, yuk mashinalari haydovchilari, mashinalar va yetkazib berishdagi yetishmovchiliklar sababli sohaga yonilg‘i yetkazib berish uzilib qolmoqda.
"Yonilg‘i yetkazib berishdagi to‘xtalishlar dastlab, asosan, AQSh g‘arbidagi shaharlarda yuz berayotgandi, ammo endilikda butun mamlakatdagi aeroportlarda kuzatilmoqda. To‘xtalishlar avgust o‘rtalarigacha davom etishi kutilmoqda", – deyiladi parvozlar bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jon Dadlining uchuvchilarga yo‘llagan maktubida.
Yonilg‘i yetkazib berishdagi muammolar AQSh ichida turistik sayohatlarga talab o‘sgan davrga to‘g‘ri keldi, demoqda aviakompaniyalar top-menejyerlari.
Xalqaro yo‘nalishlar uchun manfiy test natijasi yoki emlanganlik to‘g‘risidagi hujjat kerak. Shu bois AQShda mamlakat ichidagi yo‘nalishlarga bo‘lgan talab oshib ketgan.
Mavzuga oid
10:15 / 01.07.2026
Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
09:25 / 24.06.2026
Xavfli deb topilgan yonilg‘i shoxobchalari xavfsiz hududlarga ko‘chiriladi
10:08 / 11.06.2026