Özbekiston Markaziy banki yarim yillik yakunlari natijalaridan kelib çiqib, iqtisodiy ösiş sur'atlarini qayta baholadi.

YaIM prognozlari qanday?

Yangilangan prognozlarga köra, 2021 yil yakunlari böyiça YaIM hajmining real ösişi birinçi çorak yakunlari böyiça prognoz qilingan dastlabki (4,5-5,5 foiz) körsatkiçlardan 1 -1,3 foizga yuqori bölib, 5,8-6,8 foiz doirasida bölişi kutilmoqda.

Markaziy bank iqtisodiy ösişni qöllab-quvvatlaşda asosiy omillarni keltirdi:

  • 2021 yilda ham iqtisodiyotni fiskal rağbatlantirişning davom ettirilişi;
  • 2020 yilning 4-çoragi va 2021 yil 1-yarim yilligida pul-kredit şaroitlarining özgarişsiz saqlanib qolişi fonida yalpi talabning tiklanib borişi;
  • iqtisodiyotni erkinlaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan tarkibiy islohotlar natijasida xususiy investitsiyalar jalb qilinişining jadallaşişi.

Inflatsiya darajasi böyiça kutilmalar qanday?

Regulyator 2021 yil uçun inflatsiya böyiça prognozlarni 9-10 foiz darajasida özgarişsiz qoldirdi.  

Iste'mol xarajatlari qançaga ösadi?

Prognozlarga köra, yakuniy iste'mol xarajatlarining real ösişi 7-8 foiz atrofida bölişi kutilmoqda. Xususan, uy xöjaliklari iste'mol xarajatlarining 7,5-8,5 foizga va davlat boşqaruvi organlari xarajatlarining 7-8 foizga ösişi prognoz qilinmoqda.

Iste'mol hajmining real hisobda ösişi pandemiya sababli keçiktirilgan talabning yuzaga çiqişi hamda uy xöjaliklari daromadlarining tiklanişi bilan izohlanadi.

Investitsiyalar hajmi böyiça prognozlar qanday?

Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi yil yakuni böyiça 13-18 foizga, xususan, markazlaşgan investitsiyalar hajmi 24-26 foizga, markazlaşmagan investitsiyalar hajmi esa 10-16 foiz atrofida ösişi prognoz qilinmoqda.

Eksport importga nisbatan ösişi mumkin

Eksport hajmlari (oltin eksportini hisobga olmaganda) ötgan yili pandemiya sababli keskin kamayişidan söng, içki va taşqi iqtisodiy faollikning tiklanişi hisobiga joriy yilda 20-25 foiz atrofida, import hajmlarining esa 12-15 foizga ösişi kutilmoqda.