«Real» Chempionlar ligasi chorakfinalida «Arsenal» tomonidan tor-mor etildi! Sovrinning amaldagi g‘olibi turnirni tark etish yoqasiga kelib qoldi. Endi Karlo Anchelotti shogirdlari «Santyago Bernabeu»dagi javob uchrashuvida mo‘jiza ko‘rsatishi talab etiladi. Quyida «Spors.ru» kolumnistlari Vadim Lukomskiy hamda Vyacheslav Palaginning mazkur o‘yin bo‘yicha tahlili tarjimasi keltiriladi.

Hujumchilarsiz qolgan «Arsenal» «Real»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (3:0) – Deklan Rays tarixiy va aql bovar qilmas gollar muallifiga aylandi.

Jarohatlangan futbolchilar ko‘payib ketgani tufayli Artetada tarkib bo‘yicha syurpriz qilish imkoniyati ham yo‘q edi. Ketganlarning so‘nggisi – Gabriel. Uning o‘rnida Yakub Kivyor harakatlanishi ma’lum edi. Bukayo Saka jarohatdan qaytganidan buyon ilk bor boshlang‘ich tarkibda tushdi – u bungacha ikki marta zaxiradan o‘yinga qo‘shilgandi (katta ehtimol bilan, u aynan shu o‘yinga kuch tejagan). Rasman forvard joyini esa kutilganidek Mikel Merino egalladi.

Karlo Anchelotti chap qanot himoyachisi tanlovi bilan ajablantirdi. Bu pozitsiyaga David Alaba qaytarildi. O‘yindan oldin yana bir intriga Fede Valverde qanday rolda bo‘lishi bilan bog‘liq edi: maydon markazida yoki o‘ng qanot himoyasida. Karlo ikkinchi variantni tanladi, tayanch zonasida Luka Modrich va Eduardo Kamavinga tushishdi (Orelen Tchuameni diskvalifikatsiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yubordi).

To‘pga o‘zidaligida «Arsenal» uchta o‘nlik bilan o‘ynadi. Ularning dinamikligi – muvaffaqiyat kaliti bo‘ldi

«Arsenal» to‘pga egalik qilganida 3-2-3 + qanotlarni keng yoygan ikki vinger tuzilmasida juda aniq va intizomli saflandi. 
 
Bir necha misollar.

Bunda asosiy rolni uch o‘nlik bajardi: Deklan Rays, Mikel Merino, Martin Edegor. Himoyadan chiqishda ularning uchalasi ham yarimhimoyada o‘zini taklif qildi, ammo harakatchanlik evaziga to‘pni oldinga olib borishga yordam berishga (ko‘pincha Edegor orqali o‘ynaldi) ham ulgurishdi va raqib jarima maydoniga kirib borishdi.

Birinchi bo‘lim yakunlariga ko‘ra bu uchlik maydonda eng ko‘p yugurgan futbolchilar bo‘lishdi.