Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston-Ozarboyjon chegarasida yuz bergan otishmada bir necha kishi halok bo‘ldi
Armaniston mudofaa vazirligining ta'kidlashicha, chorshanba kuni to‘laqonli jangovar harakatlar amalga oshirilgan. Janglar bir necha soat, mahalliy vaqt bilan soat o‘nda sulh e'lon qilinguniga qadar davom etgan.
28 iyul kuni tong sahar to‘rtlarda Armanistonning Gegarkunik oblasti chegarasida arman va ozarboyjon harbiylari o‘rtasida otishma yuz berdi, deb xabar berdi Yerevan. Bokuning ma'lumot berishicha, otishma yanada ertaroq – tungi soat birda Armaniston tomoni qo‘shni Kelbajar rayonidagi Ozarboyjon pozitsiyalarini o‘qqa tutganidan so‘ng boshlangan.
Armaniston mudofaa vazirligining ta'kidlashicha, chorshanba kuni to‘laqonli jangovar harakatlar amalga oshirilgan. Janglar bir necha soat, mahalliy vaqt bilan soat o‘nda sulh e'lon qilinguniga qadar davom etgan. RBKning yozishicha, sulhga Rossiyaning aralashuvi bilan erishilgan.
«Rossiya tinchlikparvar kuchlari qo‘mondonligi vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini tiklash to‘g‘risida kelishuvga erishildi», — deyiladi Armaniston mudofaa vazirligi bayonotida.
Yerevan uch kishi halok bo‘lgani va to‘rt kishi yaralanganini xabar qildi. Boku ikki kishi yarador bo‘lganini ma'lum qilgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston-Ozarboyjon chegarasidagi vaziyat Vladimir Putin raisligidagi Rossiya xavfsizlik kengashi shoshilinch yig‘ilishida muhokama qilingan.
23 iyul kuni ham Armaniston-Ozarboyjon chegarasida otishma yuz bergani xabar qilingandi. Oqibatda 3 nafar arman harbiysi yaralangan, bir nafar ozarboyjonlik harbiy halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
16:54 / 09.06.2026