12:44 / 29.07.2021
8292

Navbatdagi 10 yillik muddatga tayinlangan sudyalar soni 6 nafarga ko‘paydi 

Navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlangan sudyalar soni yana olti nafarga ko‘paydi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan vakolati yakuniga yetgan olti nafar sudya navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlandi.

Ular:

Burhon Turdiyev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Zafar Usmonov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Akrom Hamroyev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Azamat Rahimov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Dilbar Mavlonova - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Burhon Mamajonov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid
Top