Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondagi YTHda bir nafar o‘zbekistonlik vafot etdi, 7 kishi kasalxonaga tushdi
Kecha, 28 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:10larda Aktyubinsk viloyati, Qarabutak mahallasidan o‘tadigan «Samara-Chimkent» xalqaro avtomobil yo‘lining 992-kilometrida Qozog‘iston fuqarosi boshqaruvidagi «Toyota Previa» avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasidan ma'lum qilishlaricha, yo‘l-transport hodisasi natijasida avtomobil haydovchisi va Aqtau shahriga ishga ketayotgan 8 nafar yo‘lovchi (barchasi O‘zbekiston fuqarolari) turli darajadagi tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Yuz bergan hodisa oqibatida 43 yoshli fuqaro N.D. vafot etgan. 5 nafar yo‘lovchi davolanmoqda. Yana ikki nafar yo‘lovchiga esa shifoxonadan javob berilgan.
Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgani aytiladi.
Marhumning jasadini vatanga yetkazishni tashkil etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:48 / 06.05.2026
5 kunda 40 ta holat: bolalar buyum emas
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
20:59 / 05.05.2026