Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Xitoy 10 ming harbiy ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Rossiya va Xitoy harbiylari avgust o‘rtasida “Sibu” deb nomlangan tezkor-strategik mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Mashg‘ulotlarda 10 ming kishi ishtirok etadi.
Rossiyadan mashg‘ulotlarda Sharqiy harbiy okrug qo‘shilmalaridan birining bo‘linmasi ishtirok etadi.
Mashg‘ulotlar Xitoy armiyasining Ninsya-Xuey muxtor rayonida joylashgan “Tsintunsya” poligonida o‘tadi.
Mashg‘ulotlarga jangovar samolyotlar, artilleriya va zirhli texnika ham jalb qilinadi. Ular ikki davlat harbiy kontingentining qo‘shma qo‘mondonligi ostida o‘tadi.
Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad Rossiya-Xitoy munosabatlarini mustahkamlash, ikki davlat qurolli kuchlari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik va do‘stlik darajasini oshirish, terrorchilikka qarshi kurashdagi qat'iyat va tayyorgarlikni namoyish etish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni birgalikda himoya qilish hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026