Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio-2020, 30 iyul kungi bahslar. Boturov Makkormakdan revansh olishga harakat qiladi
30 iyul kuni Yozgi Olimpiadaning yettinchi kungi bahslari o‘tkaziladi. Ertangi bahslarda yana 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi 4 sport turi bo‘yicha o‘z omadini sinab ko‘radi.

Foto: Valery Sharifulin/TASS
Shu kungi bahslarda O‘zbekiston boks jamoasining 2 nafar vakili ringga chiqadi, dzyudo jamoasining eng og‘ir vaznli vakili Bekmurod Oltiboyev medal uchun kurashadi.
+100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan Oltiboyevning birinchi jangi Toshkent vaqti bilan soat 7:25da boshlanadi. Uning ilk raqibi mo‘g‘ulistonlik Duurenbayar Ulzibayar bo‘ladi.
O‘zbekistonlik bokschilar orasida birinchi bo‘lib chorakfinalga yo‘llanma olgan Bobo-Usmon Boturovni (-69 kg) soat 8:35da boshlanadigan jiddiy jang kutmoqda. U yarimfinal yo‘llanmasi uchun o‘zining eski tanishi, buyuk britaniyalik Pet Makkormak bilan bahs olib boradi. 2019 yil kuzida Yekaterinburgda o‘tgan jahon chempionati yarimfinalida kechgan o‘zaro jangda buyuk britaniyalik sportchining qo‘li baland kelgandi.
O‘zbekiston ayol bokschilar jamoasining Olimpiadadagi so‘nggi vakili Rayhon Qodirova (-60 kg) nimchorak finaldan ishtirokini boshlaydi. Uning ilk raqibi kongolik Naomiye Yumba bo‘ladi. Jang boshlanish vaqti soat 13:15.
Shu kungi musobaqalarda yengil atletikachilar va suzuvchilardan ham bir nafardan vakil ishtirok etadi.
Soat 16:05da uch hatlab sakrash bahslarida Roksana Xudoyorova o‘z omadini sinab ko‘rsa, soat 16:34da Natalya Kritinina 50 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha bahslarni boshlaydi.
O‘zbekiston Tokio-2020 Olimpiadasiga sportning 17 turidan 71ta yo‘llanma bilan kelgandi. Shu vaqtgacha 41 sportchi o‘z ishtirokini yakunlab bo‘ldi, taekvondochilar bitta oltin, dzyudochilar bitta bronza medal qo‘lga kiritishgan. Bokschilar jamoasining 11 nafar vakilidan 5 nafari ishtirokini davom ettirmoqda. Shuningdek, sport kurashlarida 8 nafar, yengil atletikada 7 nafar, dzyudoda 2, og‘ir atletikada 2, zamonaviy beshkurashda 2, badiiy gimnastikada 2, suzishda 1 va o‘q otishda 1 nafardan vakil qolgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025