Xususan, tumandagi faoliyati eng zamonaviy usulda taşkil etilgan «Boysun çorvasi» fermer xöjaligi qoramollarni nobud bölişdan saqlab qoliş maqsadida xorijdan keltirilgan naslli çorvaning bir qismini sotib yuborişga majbur bölgan.

Aslida bu qoramollar köpaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş, bozorni göşt va sut mahsulotlari bilan ta'minlaş maqsadida olib kelingan edi. Fermerning murojaatini örganiş asnosida muammo kölami aslida öylaganimizdan ham kengroq, gap faqat «Boysun çorvasi»da ham emasligiga amin böldik.
Tadbirkor Ilyos Usmonov rahbarligidagi «Boysun çorvasi» fermer xöjaligi 2013 yilda taşkil etilgan. Dastlab mahalliy çorva mollari boqilgan bölsa, 2018 yil Avstriyadan 120 boş simental zotli çorva olib kelingan. 7 milliard sömga bu çorva uçun ferma qurilgan.
«Xorijdan çorva olib kelişdan maqsad ularni köpaytiriş, şu orqali faoliyatimni kengaytiriş edi. Çunki naslli mollar bilan işlab çiqarilayotgan göşt va sut mahsulotlarini bir neça baravarga köpaytiriş mumkin. Lekin çorvani olib kelganimdan buyon hozirgaça ozuqa bazasi yaratiş eng katta muammo bölib kelyapti. Ozuqa bazasi yaratiş uçun fermer xöjaligiga yer kerak. Çorvaga kerakli ozuqalar unda yetiştirilişi lozim. Yersiz fermer qayergaça bora oladi?
Faoliyatimni boşlagan vaqtda 35 gektar suvli yer bor edi, hozir ham şunça. Me'yor böyiça ozuqa bazasini yaratiş uçun har bir qoramolga 50-60 sotix yer töğri kelişi kerak. Qolaversa bugunga kelib çorva soni 300 dan oşgan. Yana yil oxirigaça 60 ta çorvamiz bolalaşi kutilyapti.
Tuman hokimligiga, viloyat hokimligiga, boş vazir qabulxonasiga ham murojaat qildim. Ammo masalaga yeçim yöq. Boş vazirga qilgan murojaatimga javoban tuman hokimligi «Fermer xöjaligi töğrisida»gi qonunga asosan yer tenderga qöyilişi, ğoliblarga hokim qarori bilan yer berilişini ma'lum qildi. Hozirda tenderga qöyiş uçun yer maydonlari örganilayotgani aytildi, ammo bunga ham qariyb bir yil töldi hamki, muammoga yeçim yöq.
Aslida bu qoramollar ozuqasi beda, makkajöxori poya va yormasi, senaj, kepak kabi 12 turdagi mahsulotlar bilan boqilişi kerak. Biz esa somon bilan boqişga majbur bölyapmiz. Holbuki, somon çorvaning ostiga töşalişi kerak. Har bir qoramolimiz 30 litrdan kam sut bermasligi kerak. Biz esa yetarli ozuqa bölmagani uçun 15 litr ham sut ololmayapmiz», — deydi Ilyos Usmonov.











