Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yana neft aralaş suyuqlik oqayotgani kuzatilmoqda.
Ekologiya qömitasi xabariga köra, hozirda holat ekopolitsiya va boşqa tegişli taşkilotlar xodimlari tomonidan voqea joyiga çiqqan holda örganilmoqda.
Dastlabki örganiş natijalariga köra, 2 may kuni tonggi 06:30 da kuçli sel kelişi natijasida handaqni buzib ketgan va natijada neft aralaş suyuqlik oqib çiqqan.
Boysundagi M25 konidan yer yuzasiga neft çiqa boşlaşi 2025 yilning sönggi kunlarida boşlangan edi. Bu suyuqlik tabiiy suv havzalariga tuşişining oldini oliş uçun Eriell kompaniyasi 11 handaq qazigan.
Ammo 23 aprel kuni kuçli yoğingarçiliklar natijasida 1,2 tonna neft mahsuloti bölgan suyuqlik soylarga oqib ketgan edi. Ekopolitsiya holat yuzasidan 8,5 mlrd sömdan ortiq kompensatsiya tölovlarini hisoblab, işni prokuraturaga oşirgan.

















