Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident oliy ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha qaror imzoladi
“Oliy ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2021/2022 o‘quv yilidan respublikadagi barcha oliy ta'lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta'lim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta'lim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda:
- tijorat banklari ta'lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;
- ta'lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
- ta'lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a'zolari birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan ta'lim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Moliya vazirligi huzurida Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘armaga 2021 yilda kamida 1 trillion so‘m, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘lar ajratiladi.
Mavzuga oid
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
09:16 / 11.07.2026
Prezident ta’lim tizimi bo‘yicha yangi maqsadlarni belgiladi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:15 / 26.06.2026