Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva: “Daraxt kesish masalasida jazo muqarrarligini ta'minlash talab etiladi”
Daraxtlar muhofazasi borasida yaxlit tizim yaratish bo‘yicha ishlarni qayta ko‘rib chiqish kerak, dedi Senat raisi yuqori palata yalpi majlisida.
Oliy Majlis Senatining 17-yalpi majlisida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga doir masalalar yuzasidan axboroti eshitildi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva daraxtlar muhofazasi bo‘yicha tizimli yo‘lga qo‘yilmaganiga e'tibor qaratdi va bu boradagi ishlarni qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta'kidladi.
U iqtisodiy jazo choralari yetarli bo‘lmayotgani, odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesishni davom ettirayotganini qo‘shimcha qildi.
“Hududlarda ekologiya xodimlari faol ishlashi kerak. Joylarda ekilgan daraxtlar yetarli e'tibor berilmayotganidan qurib qolishi tabiiy. Ayniqsa, tomchilatib sug‘orish bo‘yicha aniq ish olib borish maqsadga muvofiq.
Umuman olganda, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bu borada boshqa davlatlarning tajribasini o‘rganishi lozim. Boisi suv tanqisligi faqat O‘zbekistonda emas-ku. Boshqa davlatlar mavjud imkoniyatlardan qanday foydalanyapti? Ularda hamma joy ko‘m-ko‘k, biror daraxtga shikast yetkazilsa, fojiadek qabul qilishadi. Bizda esa bu oddiygina holatdek bo‘lib ketyapti
Odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesishni davom ettiryapti. Qo‘mitaning mazkur yo‘nalishdagi yangi takliflari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanyapti. Bu ishlarni uzoqqa cho‘zish kerak emas. Chunki bir daraxtni ekib, katta qilguncha bitta avlod ulg‘ayadi. U o‘zidan kislorod chiqarib, atrofga soya-salqinlik beradigan bo‘lguniga qadar ko‘p vaqt o‘tadi.
Daraxtlar ayovsiz kesilishi davom etar ekan, tizimda shaffoflik ta'minlanmas ekan, hududlarning obodligi va odamlarni rozi qilish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shu bois, mutasaddi vazirlik-idoralar, hududiy tuzilmalardan mazkur masalalarda javobgarlikni keskin kuchaytirish, jazo muqarrarligini ta'minlash talab etiladi.
Shuningdek, daraxtlar muhofazasi borasida hamma uchun tushunarli va ochiq bo‘lgan yaxlit tizim yaratish bo‘yicha ishlarni qayta ko‘rib chiqish kerak. Bunda raqamlashtirish masalasiga ham alohida e'tibor berish lozim”, – dedi Senat raisi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
14:08 / 04.06.2026