10:43 / 01.08.2021
8614

Qozog‘istonda koronavirus yuqtirish bo‘yicha navbatdagi antirekord qayd etildi

Qozog‘istonda oxirgi sutkada 7803ta koronavirus yuqtirish holati qayd etildi. Bu bir kun avvalgi kasallanish holatlaridan 112taga ko‘proqni tashkil qilib, respublika uchun pandemiya boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ayni vaqtda Qozog‘istonda virusdan kasallanganlar soni 580 mingdan oshdi. Bu respublika aholisining 3 foizini tashkil qiladi.

Respublikada koronavirusdan oxirgi sutkada 91 kishi vafot etgan, jami o‘lim holatlari soni 5957taga yetgan.

Qozog‘istonda 2020 yil 1 avgustdan kasallanish holatlari statistikasi o‘zgacha tarzda olib borilmoqda. Unda laborator tasdiqlangan koronavirus holatlari va koronavirusga PsR-test manfiy chiqqan, biroq koronavirus alomatlariga ega zotiljamga chalinish holatlari alohida hisobga olinyapti. Joriy yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda bunday zotiljamga chalinish holatlari soni 61 mingdan ko‘proqni, undan o‘lim holatlari soni 3724tani tashkil qilmoqda.

Qozog‘istonda 1 fevraldan aholini koronavirusga qarshi emlash boshlangan. Bunda Rossiyaning “Sputnik V”, mahalliy QazVac, Xitoyning Hayat-Vax va CoronaVac vaksinalari qo‘llanmoqda. Respublikada 5,4 mlndan ko‘proq odam vaksinaning birinchi dozasi bilan, jumladan 3,788 mln odam to‘liq emlangan.

Mavzuga oid
Top