Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron elchisi tankerga hujum yuzasidan Britaniya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi
Britaniya tashqi ishlar vazirligi isroillik milliarder Eyal Oferga tegishli Mercer Street tankeriga hujum yuzasidan Eron elchisi Muhsin Baharvandni chaqirtirdi. Ushbu hujumni sodir etishda Eron gumonlanmoqda.
Foto: REUTERS/Johan Victor
“Eron xalqaro tinchlik va barqarorlikni xavf ostiga qo‘yayotgan ig‘vogar harakatlarini darhol bas qilishi lozim”, deb aytilgan Britaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida. AQSh Britaniyani qo‘llab-quvvatlagan.
“AQSh va Britaniya ittifoqdoshlarimiz bilan birga tez orada beriladigan javob variantlarini ko‘rib chiqmoqda”, deb aytgan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken.
Eron ushbu hodisaga aloqadorligini rad etmoqda. Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Said Xatibzoda Tehron hech ikkilanmasdan o‘z suverenitetini va milliy manfaatlarini himoya qilishidan va har qanday “avantyurachilik” urinishlariga qat'iy javob berishidan ogohlantirgan. U shuningdek, o‘z mamlakatiga bildirilayotgan ayblovlarni “yolg‘on, ig‘vo va bir-biriga zid” deb ta'riflagan.
29 iyulda Ummon sohillari yaqinida Mercer Street tankeriga uchuvchisiz parvoz qurilmasi yordamida zarba berildi. Hujum oqibatida ekipajning 2 a'zosi – Ruminiya va Britaniya fuqarolari halok bo‘lgan.
Ushbu hujum 2019 yildan beri Fors ko‘rfazida kemachilikda yuz bergan eng og‘ir hodisa bo‘ldi. O‘shanda magnit minalari portlatilishi oqibatida Norvegiya va Saudiya Arabistoniga qarashli 4ta tankerga shikast yetgandi.
Mavzuga oid
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
09:31 / 15.12.2025
O‘zbekiston so‘zanasi Britaniya nashriyoti kitobida: yangi loyiha muhokama qilinyapti
08:30 / 29.11.2025
Turkiya qirg‘oqlari yaqinida RF “soya floti”ga tegishli ikki kema yonib ketdi
23:44 / 28.11.2025