O‘zbekiston | 10:09 / 02.08.2021
17806
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik holatlar 1400ga yaqin, 6 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 863 kishida koronavirus, 498 kishida pnevmoniya aniqlanib, 6 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 131079 (+863) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 87 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 32 nafari Andijon viloyatida,
  • 23 nafari Buxoro viloyatida,
  • 92 nafari Jizzax viloyatida,
  • 27 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 21 nafari Navoiy viloyatida,
  • 40 nafari Namangan viloyatida,
  • 89 nafari Samarqand viloyatida,
  • 23 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 91 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 89 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 49 nafari Xorazm viloyatida,
  • 95 nafari Toshkent viloyatida,
  • 105 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 498 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi va jami holatlar soni 11367taga yetdi. So‘nggi bir kunda 319 kishi sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 4253 nafarni tashkil qilmoqda. 

Shuningdek, 3 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 76 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda pandemiyaning bu safargi to‘lqini pik davridan o‘tib pasayishni boshlagan. 31 iyul kungi antirekorddan keyin ikki kun davomida kunlik holatlar 900dan kam bo‘lmoqda.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 92 nafar,
  • Jizzax viloyatida 125 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 24 nafar,
  • Navoiy viloyatida 26 nafar,
  • Namangan viloyatida 28 nafar,
  • Samarqand viloyatida 65 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 77 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 95 nafar,
  • Toshkent viloyatida 74 nafar,
  • Toshkent shahrida 127 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 124728 (+733) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 886 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid