Pergam mehrobi, şuningdek, bir paytlar Xett saltanati, Assuriya, Bobil va Fors davlatlarida yaratilgan qadimgi qölyozma va san'at asarlarini saqlaş uçun taşkil qilingan. Bundan taşqari uşbu muzeyga Berlin Islom muzeyi ham kiradi.

Men muzeyni aylanişni Qadimgi Misr va Osiyo qismidan boşladim va töğrisini aytganda, boşida “bu yerda meni hayron qoldiradigan nima bölişi mumkin?” degan savol tuğildi, çunki menda tarixiy muzeylardagi eksponatlarning va san'at asarlarining haqiqiyligi har doim şubha uyğotib kelgan. Lekin bu maşhur muzeyni köriş uçun baribir sabrim yetmayotgandi, axir muzeylarning asosiy maqsadi bizga eksponatlarning originalligini isbotlaş emas, balki öşa davrning hayoti, siyosati va madaniyatini ba'zan sun'iy tarzda bölsa-da körsatib va tasvirlab beriş hisoblanadi.

Qadimgi Misr va Osiyo tarixiga bağişlangan zallarda Şumer, Bobil va Assuriya madaniyatlariga tegişli arxeologik qazilmalarda topilgan eksponatlar taqdim etilgan. Bu yerda monumental arxitektura haykallarini va uy-rözğor buyumlarini, şuningdek, öşa davrning taqinçoqlarini körsangiz böladi. Diqqatimni tortgan yana bir yodgorlik – Iştor Darvozasi va Navuxodonosor II’ning taxt zali, şuningdek, bundan qariyb 3000 yil oldin Assuriya davlatidagi ayollarning huquqlari yozilgan hujjat böldi. Eksponatlarning yoşi eramizdan oldingi VI ming yillikdan boşlanib, Yaqin Şarqning musulmonlar tomonidan bosib olinişi davrigaça borib taqaladi. Eksponatlarning asosiy qismi hozirgi Iroq, Suriya va Turkiya davlatlari hududlarida topilgan. Muhtaşam zallarda neolit davridan boşlab Şumer, Bobil, Assuriya va Şimoliy Suriyaning ba'zi viloyatlari, ya'ni Şarqiy Anatoliya madaniyatlari taqdim qilingan.

Islom muzeyida Ispaniyadan tortib Hindistongaça bölgan hududda VIII – XIX asrlarda yaşagan musulmon xalqlarning san'ati va madaniyati tasvirlangan. Bu yerda hatto Temuriylar tasvir qilingan miniatyuraga ham közim tuşdi. Albatta, hozirgi Turkiya hududi san'ati va madaniyati ham bu yerda unutilmagan. Butun dunyoga maşhur fors gilamlari uçun esa alohida zallar ajratilgan. Gilamlardagi, idiş va buyumlardagi rasmlar va naqşlarga diqqat bilan nazar solsangiz, ularning ham ma'nosiz emasligini körişingiz mumkin. Ön ikki burj tasvirlangan lagan, ajdar va qaqnuslar tasvirlangan şohona gilamlar, afsonaviy semurğ quşi çizilgan idişlar – bularning hammasi san'at tarixining yaqqol namunalaridir.
Bundan taşqari, xattotlik san'atiga oid va arab grafikasi yordamida yaratilgan köplab san'at asarlari, Kuşondan va Könyadan keltirilgan mehroblar, Buyuk Möğullar Imperiyasi davri miniatyuralari, bir paytlar Sitsiliyada fil suyagidan işlangan buyumlar taqdim qilingan. E'tiborga sazovor zallardan biri men uçun Halab zali böldi, sababi uzoq tarixga va boy madaniyatga ega Halab şahridan, afsuski, bugungi kunda asosan vayronalar qoldi.

Qadimgi Osiyo bölimi va Islom muzeyini aylanib bölib, Pergam mehrobini (muzey ham aynan bu mehrob nomini olgan) körişga ötdim. Uşbu mehrob eramizdan avvalgi II asrning birinçi yarmida qurilgan va nomini Kiçik Osiyodagi Pergam şahridan olgan. Afsonalarning birida bu memorial yodgorlik – Zevsga, yana bir qölyozmada esa qirol Evmen II’ga, Afinaga yoki Zevs bilan Afinaga bağişlanganligi, boşqa manbalarda bu mehrobning Pergam qiroli tomonidan gallar ustidan qozonilgan ğalaba şarafiga qurilganligi yozilgan. Pergam mehrobi hatto dunyoning yetti möjizasiga tenglaştirilgan va qadimgi davrda faqatgina Rim tangalarida mehrobning tasvirini köriş mumkin.
Pergam mehrobining topiliş tarixi ham juda qiziqarli. XIX asr ikkinçi yarmida Turkiyaga aslida yangi yöllar quriş uçun kelgan nemis injyeneri Karl Xuman Pergam şahrida oldindan bölib, bu şaharning tölaqonli örganilmaganligi va yetarliça qazilmalar olib borilmaganligini körib, marmar vayronalar buzilişining oldini oliş uçun Berlin hukumatidan kömak söraydi. Sababi, Pergam şahri vayronalari hozirgi Turkiyaning Izmir viloyati Bergama şahrida joylaşgan. Oradan bir neça yil ötib Berlin muzeyi direktori qazilmalar uçun mablağ ajratişga roziligini bildiradi, Xuman esa u paytlar Usmonli imperiyasi hukumatidan rozilik oladi. Usmonli imperiyasi bilan kelişuvga asosan qazilmalarda topilgan noyob eksponatlar va mehrobning özi bevosita Germaniya hukumati mulki hisoblanadi va eşaklarda beş soat mobaynida birinçi dengiz böyiga qadar, söngra kemalarda Berlinga yetkaziladi.
Albatta keyinçalik, yillar ötib Turkiya Respublikasi hukumati mehrobni Turkiyaga qaytarişni talab qiladi, ammo Germaniya öşa paytlar Usmonli sultonining özidan mehrobni olib ketiş uçun ruxsat olganligini ta'kidlaydi. Keyinçalik Turkiya hududida topilgan kiçikroq parçalar hozirda Turkiyada saqlanib kelyapti.
Ikkinçi jahon uruşidan keyin esa mehrob sovet qöşinlari tomonidan Berlindan olib çiqilgan bölib, 1958 yilga qadar Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi Ermitaj muzeyida saqlanadi. 1958 yilda mehrob Germaniyaga SSSR uçun gipsdan qilingan bir nusxa tayyorlaş şarti bilan qaytariladi. 2002 yili Pergam mehrobining gipsdan qilingan nusxasi rasmiy ravişda Rossiya Federatsiyasiga sovğa qilinadi.

Şunday qilib, Pergamon muzeyida yurar ekansiz, özingizni Qadimgi Osiyo, Qadimgi Yevropa va Örta Şarq orasida sayohat qilgandek his qilasiz. Uşbu bizga turli xil bölib tuyulgan madaniyatlar aslida har doim bir-biri bilan kesişgani va bir-biriga çambarças boğliq ekanligini, insoniyat tarixida va bugungi kunda ham bu madaniy almaşinuv, bu xoh ta'lim, xoh san'at, xoh adabiyot, xoh ijtimoiy hayotga tegişli bölsin, saqlanib qolganligini, ularni bir-biridan ajratiş va ayirişga uriniş tarixga xiyonat ekanligini unutmasligimiz kerak.
Quyida muzeydan esdalik uçun olgan suratlarni körişingiz mumkin.






Sabohat Rajabova,
UzbekLife’ning Germaniyadagi kolumnisti











